Do‘kondan xarid qilishga pul sarflab o‘tirmay, uyda tayyorlash mumkin bo‘lgan muzqaymoq retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.
Kerakli mahsulotlar:
- tarvuz — 2 bo‘lak;
- banan — 1 dona;
- qaymoq — 100 ml.
- Tarvuzni po‘chog‘idan tozalab, urug‘larini olib tashlang.
- O‘rtacha bo‘laklarga bo‘ling.
- Bananni ham shunday kattalikda maydalang.
- Blenderga qaymoq bilan solib aralashtiring.
- Aralashmani muzqaymoqqa mo‘ljallangan qolipga quyib chiqing.
- Kamida 3 soatga sovitkichga qo‘ying.
- Muzqaymoqni ko‘chirish uchun qolipni suvga tuting.
Izoh (0)