• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” Afg‘oniston sobiq vitse-prezidentining oltinlarini olib qo‘ydi va odamlarni qatl qilishni boshladi. Afg‘oniston yangiliklari

    “Tolibon” Afg‘oniston sobiq vitse-prezidentining oltinlarini musodara qildi

    “Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solihning uyidan 6,5 million dollar pul va oltin yombilarni topdi. Bu haqda afg‘onistonlik faol Muhammad Jalol o‘z Twitter’ida ma’lum qilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Solihning uyidagi tintuvlar “Tolibon” rahbarligidagi Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari operatsiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan. Topilgan qimmatbaho buyumlarning barchasi huquq-tartibot organlari tomonidan musodara qilingan.

    Avvalroq Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti Tojikistonga qochib ketgani ma’lum bo‘lgan edi. Sobiq siyosatchi Milliy qarshilik fronti yetakchilari hamrohligida qo‘shni mamlakatga jo‘nab ketgan.

    Amrulla Solih prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan keyin avgust o‘rtalarida Afg‘oniston konstitutsiyasiga asoslangan holda o‘zini muvaqqat davlat rahbari deb e’lon qilgan va “Tolibon” harakatiga qarshi kurashga chaqirgan edi.

    Solih o‘sha vaqtda “Tolibon” nazorati ostiga o‘tmagan yagona viloyat — Panjsherda jangarilarga qarshilik armiyasini to‘plashni boshladi. Ammo sentabr boshida toliblar Panjsher to‘liq ularning qo‘li ostiga o‘tganini e’lon qildi.

    Mavzuga doir: Tamom, Afg‘oniston to‘liq “Tolibon” nazorati ostida. Avvallari yillab taslim bo‘lmagan Panjsher qanday qilib atigi uch kunda quladi?

    “Tolibon” Afg‘onistonda odamlarni qatl qilishni boshladi

    “Tolibon” xavfsizlik xizmati Mozori Sharif shahrida bolalar o‘g‘rilari guruhini qatl qilib, to‘rt nafar yosh bolani ozod etganini e’lon qildi. Bu haqda Aamaj News agentligi xabar bergan.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    “Maxsus operatsiya” 13-sentabr, dushanbaga o‘tar kechasi olib borilgan. Bola o‘g‘rilari go‘yoki to‘rt nafar afg‘on erkak va bir nafar o‘zbek ayoldan iborat bo‘lgan. Ularning barchasi tutib olingan joyida otib tashlangan.

    O‘z navbatida, bir qator afg‘on OAVlari Mozori Sharifdagi yirik to‘qnashuv haqida xabar berdi. Jurnalistlar taxmin qilishicha, bu “Tolibon” va boshqa jangarilar o‘rtasidagi jang yoki toliblarning o‘zaro qurolli janjali bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    Shu bilan birga, afg‘onistonliklar ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan videolarda mamlakatning turli hududlarida odamlarning o‘g‘irlab ketilishi va jazolanishi holatlarini ko‘rish mumkin. Ayollarni omma oldida do‘pposlash holatlari ham boshlangani aytilmoqda. Ammo ushbu voqealarni izohlovchi rasmiy xabarlar berilmayapti.

    Mavzuga doir: “Tolibon” Afg‘onistonda musiqani taqiqlaganidan keyin folklor qo‘shiqchini qatl qildi

    “Afg‘on ayollari erkaklar bilan birga ishlamasligi kerak”

    Afg‘onistonlik ayollar erkaklar bilan birga ishlamasligi kerak, dedi “Tolibon” harakatining yuqori mansabli vakili Vohidulla Hoshimiy Reuters agentligiga bergan intervyusida.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Uning aytishicha, xalqaro hamjamiyat tomonidan bo‘layotgan bosimga qaramasdan, toliblar “islom huquqi bo‘yicha o‘z versiyasi”ni amalga oshirmoqda.

    “Biz Afg‘onistonda shariat tizimini joriy qilish uchun qariyb 40 yil kurashdik. Shariatga ko‘ra, erkaklar va ayollar bir joyga to‘planishi, bitta tom ostida o‘tirishi mumkin emas. Ular birga ishlay olmaydi. Bu aniq-ravshan. Ayollarga bizning idoralarimizga kelish, bizning vazirliklarimizda ishlashga ruxsat berilmaydi” — dedi Hoshimiy.

    Mavzuga doir: “Tolibon” yangi hukumatda ayollar uchun lavozimlar bo‘lishini va’da qildi

    Kobulga “Tolibon” istilosidan keyingi birinchi tijorat aviareysi amalga oshirildi

    “Pokiston havo yo‘llari” xalqaro aviakompaniyasi Afg‘onistonga hokimiyat tepasiga “Tolibon” kelganidan keyin birinchi tijorat reysini amalga oshirdi.

    Foto: Anadolu Agency

    Foto: Anadolu Agency

    Charter tijorat reysi bilan Islomoboddan Kobulga jurnalistlar guruhi ham yetkazilgan.

    Afg‘oniston poytaxtidan Islomobodga qaytishda samolyot Jahon banki, xalqaro OAVlar xodimlarini, shuningdek, mamlakatni tark etish istagidagi qariyb 80 nafar fuqaroni olib ketgan.

    “Tolibon” 15-avgust kuni Kobul ustidan nazorat o‘rnatgach, Afg‘onistonga xalqaro tijorat reyslarini to‘xtatgan edi.

    Mavzuga doir: Yuzlab odamlar Kobul aeroportida Afg‘onistondan uchib ketayotgan so‘nggi samolyotlarga chiqib olishga urindi. Bir necha kishi halok bo‘ldi (foto va video)

    Shuningdek:

    Avgust o‘rtalarida “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan buyon Afg‘onistonda kamida 153 ta OAV o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bunga moliyaviy muammolar va toliblar tomonidan kiritilayotgan cheklovlar asosiy sabab bo‘ldi. O‘tgan hafta esa afg‘on OAVlari jurnalistlarga norozilik aksiyalarini yoritish taqiqlanganini xabar qildi. Shu bilan birga, “Tolibon” vakili Suhayl Shohin OAVning hukumatga nisbatan tanqidlarini maqbul deb atagan edi.

    Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi AQShni “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin muzlatib qo‘yilgan mablag‘larni “ochib yuborish”ga chaqirdi. Bu mamlakatda iqtisodiyot qulashining oldini olish uchun zarurligi aytilmoqda. 18-avgust kuni AQSh Afg‘oniston Markaziy bankiga tegishli qariyb 9,5 milliard dollarni muzlatib qo‘yib, mamlakatga naqd pul yetkazilishini to‘xtatgan edi.

    14.09.2021, 11:16   Izoh (0)   93942
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Rossiya bilan urush qilgan taqdirda, butun dunyo vayron bo‘lishi mumkinligini bildirdi

    14.09.2021, 10:14

    Kobuldagi teraktdan keyin AQSh xavfli terrorchi yo‘q qilingani haqida xabar bergandi. Jurnalistlar surishtiruviga ko‘ra terrorchi emas, suv tashiyotgan ishchi o‘ld...

    14.09.2021, 09:15

    Misrda sayyohlar uchun ikkita yangi turistik shahar ochiladi

    14.09.2021, 07:24

    Shimoliy Koreya yangi qanotli raketani muvaffaqiyatli uchirgani haqida e’lon qildi

    13.09.2021, 23:27

    SSSRda “Iliqlik davri”. Sovet Ittifoqida qonli zulm va shaxsga sig‘inishni to‘xtatgan Nikita Xrushchyov

    13.09.2021, 19:15

    COVID-vaksina 6 oylik bolalarda sinovdan o‘tkaziladi, Qozog‘iston aholisining 60 foizi emlandi. Koronaxabarlar

    13.09.2021, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10

    “Maktab qurish hokimiyat uchun boshog‘riq” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    O‘zbekiston | 12 iyul, 00:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.