• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskva viloyatidagi qishloqda 67 yoshli ayol o‘ldirib ketilgach, aholi namoyishga chiqdi. Jinoyatda tojikistonlik muhojirlar ayblanmoqda (video)

    Rossiyaning Moskva viloyati Sergiyev Posad tumani Bujaninovo qishlog‘ida keksa ayolning o‘ldirilishi munosabati bilan 13-sentabr kuni muhojirlarga qarshi rejalashtirilmagan miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

    Foto: Sergiyev Posad shahar okrugi ma’muriyati

    Foto: Sergiyev Posad shahar okrugi ma’muriyati

    13-sentabr kuni “Kopeyka” va “Alternativnaya gazeta” mahalliy nashrlari Bujaninovo hududida, taxminan, 65 yoshli ayol zo‘rlangani va o‘ldirib ketilgani haqida mushtariylardan kelgan xabarlarini e’lon qilgan (keyinchalik rasmiylar ayol 67 yoshda bo‘lganini aniqladi). Ayolning jasadi o‘rmondagi temiryo‘l yaqinidan topilgan. Xabarlarga ko‘ra, qotillikda gumon qilinib, ikki muhojir hibsga olingan. “Kopeyka” va “Alternativnaya gazeta” manba ko‘rsatmasdan, gumonlanuvchilarning fotosuratlarini chop etdi.

    Bujaninovodagi mitingda kamida 200 kishi qatnashdi. Ular politsiya boshlig‘i bilan uchrashishni va muhojirlarga ajratilgan yotoqxonani yopishni talab qildi. “Kopeyka” xabariga ko‘ra, 13-sentabr 18:00 dan keyin Bujaninovoda odamlar chet ellik ishchilarini joylashtirish uchun “Ekookna” kompaniyasi tomonidan sotib olingan ikki qavatli uy yoniga yig‘ila boshlagan (rasmiylarga ko‘ra, bu bino avval qishloq klubi bo‘lgan). Baza nashri miting ishtirokchilari sonini 200 kishi deb, “Alternativnaya gazeta” muallifi Andrey Trofimov esa 300 kishi deb (23:00 holatiga ko‘ra) baholadi. “Kommersant” guvohlarga tayanib yozishicha, miting ishtirokchilari eng avj pallada ming kishiga yetgan.

    “Alternativnaya gazeta” e’lon qilgan videoga qaraganda, o‘ldirilgan ayolning o‘g‘li ham mitingda qatnashgan. U yotoqxona komendantidan uni ichkariga kiritishni talab qilgan: “Siz o‘ldirib ketilgan onam bilan deyarli tengsiz-ku”. Mitingga kelgan yosh qizlarning aytishicha, muhojirlar ularga shilqimlik qilgan; ayollar bolalarini tashqariga chiqarishdan qo‘rqishini aytdi. Miting ishtirokchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, odamlar 13-sentabrga o‘tar kechasi yotoqxonaga kelishgan: “Biz bu yerda ertalab soat beshgacha turdik, birorta boshliq chiqib, hammasini tushuntirib berishini kutdik. Hech kim chiqmadi”. “TASS”ning huquq-tartibot idoralaridagi manbasi aytishicha, 13-sentabrga o‘tar kechasi kimdir yotoqxona eshigini buzmoqchi ham bo‘lgan.

    Yotoqxona politsiya himoyasiga olindi. Tergov qo‘mitasi nafaqaxo‘rning zo‘rlanishi va o‘ldirilishida gumonlanayotganlar ushlanganini tasdiqladi. Ular “qo‘shni davlatlardan birining fuqarolari”, 1988- va 1984-yillarda tug‘ilgan ikki kishi, deyiladi idorada. Sergiyev Posad shahar okrugi rahbari Mixail Tokaryevning aytishicha, gap “Priozernoye” bog‘dorchilik shirkatidagi xususiy uy qurilishida ishlab va shu yerda yashab kelayotgan Tojikistonning ikki fuqarosi haqida ketmoqda. 14-sentabr kuni ertalab Tergov qo‘mitasi gumondorlarga nisbatan ayblov e’lon qilingani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, miting paytida Bujaninovo aholisi jinoyatga uch nafar xorijlik aloqadorligi va go‘yoki ulardan biri qochishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya bu haqda izoh bermagan.

    Bujaninovodagi miting 14-sentabr kuni yarim tunda, Sergiyev Posad ma’muriyati bilan uchrashuvdan so‘ng tugadi. Ma’muriyat muhojirlar yotoqxonasini yoptirishga va’da berdi. “Aziz yurtdoshlar! Men sizni to‘xtashga chaqiraman. Millatidan kelib chiqib odamlarni sudsiz jazolash — bu yirik tajovuzni keltirib chiqaradigan xato. Jinoyatda gumonlanayotganlar adliya qo‘lida. Biz Bujaninovo aholisining talablarini tingladik: 14-sentabr kuni yotoqxona egasi bilan uchrashuv o‘tkazamiz va uning yopilishini talab qilamiz”, — deya va’da qildi shahar okrugi rahbari Mixail Tokaryev. Uning o‘rinbosari Oksana Yeroxanovaning qo‘shimcha qilishicha, politsiya Bujaninovo ko‘chalarida patrullik qilish uchun kuchlar yuboradi. Hokimiyat, shuningdek, sobiq qishloq klubi binosining “Ekookna” kompaniyasiga qonuniy yoki boshqa yo‘l bilan o‘tkazilganini tekshiradi.

    Keyinroq Meduza xabar berishicha, Podmoskovye gubernatori Andrey Vorobyov Bujaninovodagi muhojirlar uchun mo‘ljallangan yotoqxonani yopishni buyurgan. “Shunday jinoyatlar borki, ular o‘z beadabligi bilan, shafqatsizligi bilan rezonansga olib keladi va natijada haqiqatdan ham odamlarning qoni qaynaydi. Bujaninovodagi atrofida ushbu falokat sodir etilgan yotoqxona bugun yopiladi. Aholi qarshi ekan unga bu yerda joy yo‘q”, — deyiladi gubernatorning Telegram’dagi rasmiy kanalida.

    “Alternativnaya gazeta” muallifi, bloger Andrey Trofimovning aytishicha, unga Bujaninovodagi tartibsizliklarni yoritgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atish bilan tahdid qilishgan. “Menga Moskva viloyati hukumati va turli tuzilmalar qo‘ng‘iroq qildi va ular ushbu miting uchun meni aybdor qilib, millatlararo adovatni qo‘zg‘atish bo‘yicha jinoiy ish ochmoqchiligini aytdi. Tabiiyki, men hech qanday kelishmovchilikni qo‘zg‘amayman. Men faqat fuqarolarga o‘z muammolari, istaklari va xavotirlarini hukumatga yetkazish imkoniyatini beraman”, — dedi Trofimov yotoqxona yaqinidagi mitingdan olgan reportajida.

    2019-yilning mart oyida Rossiya tarkibiga kiruvchi Yoqutiston Respublikasida ham muhojirlarga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tgan. Mitinglar kelib chiqishi qirg‘izistonlik bo‘lgan muhojir bir ayolni zo‘rlashda ayblanganidan keyin boshlangan. Namoyishlar fonida muhojirlarga tahdid va hujumlar haqida xabarlar kelib tushgan, bu esa muhojirlarning ishga chiqishdan bosh tortishiga sabab bo‘lgan. Yoqutiston rahbari Aysen Nikolayev respublika aholisi bilan uchrashib, noqonuniy immigratsiya va noqonuniy biznes bilan kurashishga va’da berdi. Ko‘p o‘tmay u respublikaning 33 xil sohadagi korxonalariga chet el fuqarolarini yollashni vaqtincha taqiqlab qo‘ydi.

    Mavzuga doir: Sankt-Peterburgda 29 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘ldirib ketildi. Qotillikda 22 yoshli o‘zbekistonlik yigit gumonlanib, qo‘lga olindi

    14.09.2021, 20:37   Izoh (0)   44718
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Islandiyada atmosferani karbonat angidrid gazidan tozalaydigan dunyodagi eng yirik zavod ishga tushdi. U qanday ishlaydi va havo ifloslanishi muammolariga yechim b...

    14.09.2021, 19:17

    COVID-19 pandemiyasiga bag‘ishlangan xalqaro sammit o‘tkaziladi, AQShda restoranlar yana yopilmoqda. Koronaxabarlar

    14.09.2021, 18:16

    Tojikistonda Panjsher va Afg‘oniston qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazildi (foto va video)

    14.09.2021, 16:35

    Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak yangi kosmik kompaniya yaratilganini e’lon qildi

    14.09.2021, 16:14

    AQSh razvedkasi: “Al-Qoida” Afg‘oniston tashqarisida terrorchilik harakatlarini olib borishga qodir emas

    14.09.2021, 15:16

    Sirli gubernator, sirli vazir. O‘quv mashg‘uloti vaqtida halok bo‘lgan Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev haqida

    14.09.2021, 14:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.