• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sirli gubernator, sirli vazir. O‘quv mashg‘uloti vaqtida halok bo‘lgan Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev haqida

    8-sentabr, chorshanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev Krasnoyarsk o‘lkasidagi Norilsk shahridan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan Lama ko‘lida halok bo‘ldi. Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa “o‘quv mashg‘ulotlari paytida” sodir bo‘lgan. Zinichev rejissor Aleksandr Melnikni qutqarishga uringan. Zinichev bilan “jarlik chetida” turgan Melnik sirg‘alib suvga tushib ketgan. Xuddi shu versiyani (manba ko‘rsatmasdan) RT telekanali rahbari Margarita Simonyan o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi. Melnik (“Yangi yer” va “Hudud” filmlari muallifi) Norilskka Arktika va Shimoliy dengiz yo‘lining rivojlanishiga bag‘ishlangan yangi hujjatli loyihani suratga olishga tayyorgarlik ko‘rish uchun kelgandi. Rejissor ham halok bo‘ldi.

    Meduza “Putinning sobiq qo‘riqchisi”, butun umri davomida ommadan qochishga urinib kelgan, lekin so‘nggi yillarda hammaning ko‘z oldida bo‘lishiga majbur bo‘lgan Yevgeniy Zinichevning tarjimai holi haqida hikoya qiladi.

    Yevgeniy Zinichev

    Yevgeniy Zinichev
    Foto: URA.RU

    Shunday faoliyat bilan shug‘ullanadigan barcha kishilar singari Yevgeniy Zinichevning ham qisqacha rasmiy tarjimai holi bor. U 1966-yilda Leningradda tug‘ilgan, Shimoliy flotda harbiy xizmatni o‘taganidan so‘ng, darhol 1987-yilda Sovet ittifoqi Davlat xavfsizlik qo‘mitasida ish boshlagan. Ittifoq parchalanganidan keyin esa Rossiya davlat xavfsizlik organlarida, jumladan 1996-yilda tuzilgan Federal qo‘riqlash xizmatida faoliyat olib borgan.

    2012—2013-yillarda Zinichev Qurolli kuchlar bosh shtabi harbiy akademiyasida qayta tayyorlash kursidan o‘tdi, 2014-yilda Federal xavfsizlik xizmati(FXX)ning terrorizmga qarshi kurash xizmati rahbari o‘rinbosari, 2015-yil iyun oyida general-mayor unvoni bilan Kaliningrad viloyati FXX bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi.

    Zinichevning nomi jamiyatda 2016-yilning yozida, prezident Vladimir Putin kutilmaganda uni Kaliningrad viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi etib tayinlaganda ma’lum bo‘ldi. O‘shanda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov hatto Zinichev haqiqatan ham prezident xavfsizlik xizmatida ishlaganini rasman tasdiqlashga majbur bo‘lgan, chunki qandaydir noma’lum shaxs yangi gubernator bo‘layotgan edi. “RBK”ning Kremlga yaqin suhbatdoshi Zinichevni Vladimir Putinning yordamchilaridan biri deb atagan.

    Yevgeniy Zinichev — Rossiya prezidentining sobiq qo‘riqchisi bo‘lgan. U va yana uch soqchisini Putin mamlakat hududlarida gubernator vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan: 2016-yil fevral oyida Aleksey Dyumin Tula viloyatiga rahbarlik qilishni boshladi, 2016-yil iyulda Yevgeniy Zinichev va Dmitriy Mironov mos ravishda Kaliningrad va Yaroslav viloyatlarining, 2018-yil sentabr oyida Sergey Morozov Astraxan viloyatining gubernatori vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Dyumin va Mironov shu kungacha viloyatlarni boshqarishda davom etmoqda, qolgan ikki sobiq prezident qo‘riqchilari o‘z lavozimlarini qisqa vaqtda tark etgan: Zinichev ikki oydan ko‘proq gubernator vazifasida ishlagan, Morozov sakkiz oydan keyin mahalliy hokimlik organini tark etgan.

    Gubernator lavozimida Zinichev o‘zining nihoyatda qisqa matbuot anjumani bilan yodda qolgan (u jurnalistlar bilan 49 soniya gaplashgan), bu uning so‘nggi matbuot anjumani bo‘ldi. Ikki oy o‘tgach, Putin Zinichevni “oilaviy sharoitiga ko‘ra” lavozimidan ozod qildi.

    Bu lavozimda ish boshlaganidan hech qancha o‘tmay Zinichev fuqarolik davlat idorasi unga to‘g‘ri kelmasligini anglab yetdi, deydi o‘sha paytda Rossiya prezidenti ma’muriyatida ishlagan Meduza suhbatdoshi: “Men bu haqda prezidentga rostini aytdim va munosib xizmat so‘radim. Putin rostgo‘ylikni qadrlardi”.

    Zinichevning “gubernatorlikda o‘zini topa olmagani” haqida 2016-yilda “RBK”ning Kremlga va FXX rahbariyatiga yaqin manbalari ham aytgan. “Zinichevning oshkoralik bilan bog‘liq jiddiy muammolari bor edi, u ommadan qochardi”, — deydi ulardan biri.

    Zinichev mintaqada qabul qilishga ulgurgan kam sonli qarorlardan biri bu Anton Alixanovning viloyat hukumati bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlashi bo‘ldi, bu lavozim olti yildan beri bo‘sh edi. Alixanov Zinichev iste’foga chiqishi bilanoq Kaliningrad viloyatini boshqargan va Rossiyadagi eng yosh gubernatorga aylangan. U o‘sha paytda atigi 30 yoshda edi — qonunga ko‘ra, bunday lavozimni egallaydigan odam uchun belgilangan eng kichik yosh.

    “Mish-mishlarga ko‘ra, Zinichev Alixanov talab etilgan yoshga yetguncha ‘joyni isitib turgan’. Ammo aslida unday emas edi, dastlab u moslashishga harakat qildi, ishga kirishishga urinayotgani rost edi, ammo u uchun jamoatchilik qarshisiga chiqish qanchalik qiyinligi ham ko‘rinib turardi”, — deydi Meduza’ning viloyat deputatlar korpusidagi suhbatdoshi.

    “Zinichev — Vladimir Putinning eng yaqin odamlaridan biri bo‘lgan. Putin unga ishonar va uni o‘sishga qodir deb bilardi. Zinichev o‘zini haqiqiy erkaklardek tutgani, o‘ziga yot bo‘lgan omma e’tiboriga duch kelgani hamda gubernator lavozimini egallashga hech qanday yo‘l bilan urinmagani, aksincha uni lavozimdan ozod qilishni so‘ragani — yakunda uning foydasiga ishlagan”, — degan edi Ural federal okrugining sobiq o‘rinbosari Andrey Kolyadin “BBC rus xizmati”ga.

    “Bu yerda PR qilish muhim emas, aksincha topshiriqlarni bajarish muhim. Zinichev mehnatkash, sodiq va ommadan yiroq odam, u berilgan vazifalarga mos keladi”,— deya qo‘shimcha qilgan u.

    General-leytenant unvoniga ega Zinichev iste’foga chiqqandan so‘ng hech qancha o‘tmay FXX direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu lavozimda u taxminan bir yarim yil ishladi va 2018-yil may oyida Rossiya hukumatining a’zosi bo‘ldi: Putin Zinichevni favqulodda vaziyatlar vaziri qildi. Xuddi shu 2018-yil may oyida Putinning buyrug‘i bilan Zinichev Rossiya xavfsizlik kengashining a’zosiga aylandi.

    Zinichevning FXXda aynan qanday vazifalarni bajarishi noma’lum edi: u “o‘z hayoti bilan yashaydigan” o‘zining kichik apparatini tashkil qilgan, deydi “Vedomosti” manbasi. Siyosatshunos Yevgeniy Minchenko Zinichevni FXX direktori lavozimiga nomzodlardan biri deb hisoblashi, shuning uchun uning Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlanishi “shunchaki” chiqarilgan qaror emasligini aytgan: ammo u FXX direktori bo‘lmadi, Minchenko bo‘lim ichidagi fitnalar haqida gapirgan.

    Yangi lavozimga kirishgan zahoti Zinichev bir nechta majburiy topshiriqlar berdi, masalan, “Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy shtab-kvartirasi markaziy apparat strukturasiga mos bo‘lishi uchun vazirlikning maqbul strukturasini ishlab chiqish” zarur edi.

    Federal vazirlik rahbari lavozimi endi jim turishga va panada bo‘lishga imkon bermasdi, lekin Zinichev ommaviy nutqlarini minimal darajaga tushirishga urinar va tobora soddalashtirilgan rasmiy iboralar bilan gapirardi. “Jamiyatning Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga bo‘lgan ishonchini oshirish va vazirlik tashkil etilganidan buyon shakllanib kelgan an’analarni davom ettirish nihoyatda muhim”, — dedi Zinichev favqulodda vaziyatlar vazirligining yig‘ilishida.

    Ammo bir hafta o‘tgach, yangi vazir sobiq vazir Vladimir Puchkovning bir qancha buyruq va ko‘rsatmalarini bekor qilib, ayrim “mustahkam an’analarni” buzishni boshladi. Masalan, Zinichev xodimlarning bo‘linmalararo harakatlanishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, xizmat formasidagi olovrang beret o‘rniga (ushbu harbiy qalpoqcha ham Puchkovning innovatsiyasi edi) avvalgi furajkalarni qaytardi.

    “Biz uchun beret xuddi buqa uchun qizil mato kabi edi. U o‘z pozitsiyalarini to‘liq qo‘ldan boy berish, ya’ni FVV rahbariyatida to‘lib-toshgan harbiylarning yong‘inga qarshi bo‘lim ustidan g‘alabasi sifatida qabul qilinardi”, — dedi o‘t o‘chiruvchilardan biri “Kommersant”ga ismini sir tutish sharti bilan. “Ofitserlar beret kiymasdi va buning uchun boshliqlardan jazo olardi. Shu sababli beretning bekor qilinishi ramziy ma’noga ega edi: bu siyosat butunlay o‘zgarayotganidan dalolat edi”.

    Keyinroq Zinichev vazirlikda to‘liq audit o‘tkazdi va u muassasa faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni aniqlab berdi. “RBK” ma’lumotlariga ko‘ra, xususan o‘t o‘chiruvchilar guruhida 23 mingdan ortiq xodim, navbatchi soqchilikda esa 11 ming kishi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi. “Masalan, o‘t o‘chirish mashinasidagi jangovar ekipaj soni olti emas, ikki yoki uch kishidan iborat”, — dedi FVV Inqirozlarni boshqarish milliy markazi rahbari Viktor Yatsusenko. Unga ko‘ra, endi har bir inspektorga mingga yaqin obyekt to‘g‘ri keladi. Yatsusenkoning so‘zlariga ko‘ra, Puchkov tomonidan qabul qilingan ma’muriy qarorlar “moddiy-texnik ta’minot tizimining buzilishiga”, shuningdek “FVVning orqa fonidagi boshqaruv vertikali barbod bo‘lishiga” olib kelgan.

    FVV yangi rahbari huquq-tartibot blokidagi amaldorlarni vazirlikda ishlashga faol jalb qildi. Shu tarzda, 2018-yil iyun oyi boshida sobiq bosh prokurorning maxsus topshiriqlar bo‘yicha yordamchisi Aleksey Serko FVV rahbarining o‘rinbosari bo‘ldi.

    Xuddi shu oyda FVVda 40 kishidan iborat ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi paydo bo‘ldi, boshqarma ushbu masalalar bilan shug‘ullanadigan juda kichik bo‘limning o‘rnini egalladi. Xavfsizlikdan tashqari, yangi bo‘lim korrupsiyaga qarshi kurashishi va FVVning qolgan a’zolarini nazorat qilishi kerak edi.

    2019-yilda Zinichev vazirlikning navbatdagi tarkibiy islohoti boshlanganini e’lon qildi; ammo, avvalgi tizimli islohot 2020-yil tugagan, yangi islohotlar haqida esa keyin ham FVVda doimiy ravishda gapirilar edi.

    Zinichevning so‘nggi tashabbuslaridan biri o‘rmonlarni muhofaza qilish ustidan nazoratni federal darajaga qaytarish bo‘ldi. “O‘rmonlarni federal darajada muhofaza qilish va kengaytirish, himoyalash va nazorat qilish funksiyalarini qaytarish. Hozirda bularning barchasi subyektlarga o‘tkazilgan”, — degan edi FVV rahbari Putin bilan uchrashuvda.

    So‘nggi intervyusida Zinichev Arktikani “Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun ham, uning milliy xavfsizligi uchun ham eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri” deb hisoblashini aytgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Zinichev halok bo‘lgan Norilskdagi mashg‘ulotlar Arktika mintaqasida xavfsizlik tizimini rivojlantirish dasturining bosqichlaridan bir edi.

    Mavzuga doir: Favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxon Xudoyberganov rossiyalik hamkasbining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    14.09.2021, 14:15   Izoh (0)   32331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: Turkmanistonda paxta terimiga muhojirlar, ichkilikbozlar va fohishalar yuborilmoqda

    14.09.2021, 12:14

    “Tolibon” Afg‘oniston sobiq vitse-prezidentining oltinlarini olib qo‘ydi va odamlarni qatl qilishni boshladi. Afg‘oniston yangiliklari

    14.09.2021, 11:16

    AQSh Rossiya bilan urush qilgan taqdirda, butun dunyo vayron bo‘lishi mumkinligini bildirdi

    14.09.2021, 10:14

    Kobuldagi teraktdan keyin AQSh xavfli terrorchi yo‘q qilingani haqida xabar bergandi. Jurnalistlar surishtiruviga ko‘ra terrorchi emas, suv tashiyotgan ishchi o‘ld...

    14.09.2021, 09:15

    Misrda sayyohlar uchun ikkita yangi turistik shahar ochiladi

    14.09.2021, 07:24

    Shimoliy Koreya yangi qanotli raketani muvaffaqiyatli uchirgani haqida e’lon qildi

    13.09.2021, 23:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.