O‘zbekiston futzal terma jamoasi 12-sentabr kuni Jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi.

Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik futzalchilar dastlabki turda Gvatemalaga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘limda raqiblarning uchta goliga O‘zbekiston Ixtiyor Ropiyevning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda himoyadagi xatodan keyin raqiblar to‘rtinchi golni urdi. Keyinchalik Ropiyev yana ikkita to‘p kiritgan holda hisobni qisqartirdi. So‘nggi daqiqalarda Gvatemala vakili o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob tenglashdi. So‘nggi soniyalar o‘tib borayotgan bir vaqtda gvatemalaliklar burchak zarbasidan keyin 5-golni urib, g‘alabani ilib ketdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Rossiya terma jamoasi Misrni 9:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

JCh—2021

1-tur bahsi

12-sentabr, yakshanba

O‘zbekiston — Gvatemala 4:5

Gollar: 0:1 – 4 Fernando Kampanyak, 0:2 – 5 Marvin Sandoval, 1:2 – 6 Ixtiyor Ropiyev, 1:3 – 7 Alan Aguliar, 1:4 – 22 Marvin Sandoval, 2:4 – 25 Ixtiyor Ropiyev, 3:4 – 35 Ixtiyor Ropiyev, 4:4 – 38, avtogol Alvarado Roman, 4:5 – 40 Alan Aguliar.

O‘zbekiston: Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev.

Zaxira: Ravshan Eliboyev, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Muzaffar Ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Akbar Usmonov, Xushnur Erkinov, Sunnatilla Jo‘rayev.