Motorola kompaniyasi simsiz quvvatlantirish texnologiyasining yangi avlodini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Gizmochina

Motorola Air Charging bir vaqtning o‘zida uzoq masofadan turib, to‘rtta qurilmani quvvatlantira oladi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, quvvatlanish uch metr uzoqlikdagi qurilmalar orqali ham amalga oshiriladi.

Quvvatlantirish prinsipi avvalroq taqdim etilgan Mi Air Charge’ga o‘xshaydi, ammo Xiaomi’ning hali qachon savdoga chiqishi noma’lum qolayotgan ixtirosidan farqli o‘laroq, Motorola o‘z devaysini tez orada taqdim etishiga ishontirmoqda.

Motorola Air Charging qog‘oz, charm va boshqa shu kabi obyektlar orqali ham ishlayveradi — ular quvvatlantirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Qurilma 1600 antennasi yordamida atrofidagi quvvati kamaygan qurilmalarni skaner qiladi.

Devaysga biologik monitoring texnologiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, u xonada inson borligini aniqlash yoki foydalanuvchi dok-stansiya va smartfon orasida ko‘p qolib ketsa, quvvatlantirish jarayonini o‘chirishga yordam beradi.

Avvalroq Janubiy Koreyaning Sejon universiteti tadqiqot guruhi yangi turdagi quvvatlantirgich ustida ish olib borayotgani, u ham smartfonlarni havo orqali quvvatlantira olishi haqida xabar berilgandi.