So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekiston o‘z suv zaxiralarining 169 foizidan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi

    08.09.2021, 20:35 23951

    O‘zbekiston va Turkmanistonda suv resurslaridan foydalanish darajasi tahlikali nuqtaga yetdi. Jumladan, O‘zbekiston o‘z suv zaxiralarining 169 foizidan, Turkmaniston esa 144 foizidan foydalanmoqda. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari mazkur mavzuga bag‘ishlangan ikkita yangi hisobotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

    Chorvoq suv ombori.

    Chorvoq suv ombori.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tojikiston, Armaniston va Ozarbayjonda “suv stressi” o‘rtacha baholanmoqda, ularda bu ko‘rsatkich mos ravishda 62 foiz, 56 foiz va 54 foizni tashkil etmoqda. Qirg‘iziston va Qozog‘istonda chuchuk suvdan foydalanish ko‘rsatkichi dunyo miqyosidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ortib, mos ravishda 50 foiz va 33 foizga yetgan.

    Rossiya va Gruziya o‘z chuchuk suv zaxiralarining 4, Moldova — 12, Ukraina — 14 foizidan foydalanmoqda.

    Zaxira suvlardan eng ko‘p foydalanish holati Kuvaytda qayd etilgan — 3850 foiz. Eng yaxshi vaziyat esa Kongoda kuzatilmoqda va ushbu mamlakatda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 0,03 foizni tashkil etadi.

    Mutaxassislarning qayd etishicha, suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish lozim. Global iqlim isishi ham qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deyiladi xabarda.

    Dunyoning ko‘plab mintaqalarida yog‘ingarchiliklar soni va davomiyligi o‘zgargan, qurg‘oqchilik va suv toshqinlari ko‘proq sodir bo‘lmoqda, shu sababli suv yetishmovchiligi yanada o‘tkirroq his etilib, suv resurslari sohasida raqobat kuchaymoqda.

    “Suv resurslaridan samarali foydalanishga o‘tish barqaror agrooziq-ovqat tizimini tashkil etishga asoslangan”, — dedi FAO bosh direktori Syuy Dunyuy. FAO’ning qayd etishicha, dunyoda 72 foiz chuchuk suv qishloq xo‘jaligi, 16 foizi — sanoat ishlab chiqarish, 12 foizi — maishiy sohada qo‘llanmoqda.

    Dunyo aholisining uchdan bir qismiga yaqinrog‘i — 2,3 milliard kishi — suv taqchilligi kuzatilayotgan mamlakatlarda, 10 foiz yoki 733 million kishi — suv tahlikali darajada yetishmayotgan davlatlarda yashamoqda. Bu 733 million kishi nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki shaxsiy ehtiyojlari uchun ham suvga muhtoj deganidir.

    FAO’ning ma’lum qilishicha, yaqin o‘n yillikda yanada ko‘proq mamlakat va hududlarda suv taqchilligi og‘irroq darajaga yetadi. Pekin, London, Mumbay va Tokio kabi yirik shaharlar 2050-yilga borib suv ta’minoti sohasida jiddiy muammolarga to‘qnash kelishi kutilmoqda.

    Suv yetishmovchiligi darajasini o‘lchash uchun FAO ekspertlari “suv stressi” yoki suv resurslariga bo‘lgan bosim darajasi kabi ko‘rsatkichlardan foydalanadi. Ular suv iste’molining zaxiralarga nisbatan foizini hisoblaydilar.

    2018-yilda dunyoda chuchuk suv zaxiralarining 18,4 foizidan foydalanilgan. Biroq ayrim hududlar, masalan, Markaziy Osiyoda suv iste’moli hajmi dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan oshib ketgan.

    FAO 2015−2018-yillar orasida dunyoda suv iste’moli samaradorligi ko‘rsatkichi 9 foizga o‘sganini qayd etdi. Mazkur ijobiy o‘zgarish, asosan, sanoat ishlab chiqarish sektori hisobiga sodir bo‘lgan.

    86 ta davlatda 2006−2018-yillar orasida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligi o‘sgan.

    Mavzuga doir:

    • Surxondaryoda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan yirik loyihani boshlashga start berildi
    • Surxondaryoning chekka hududlariga ichimlik suvi tashish uchun Xitoydan 25 ta maxsus mashina olib kelindi
    • Buxoroda 230 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv tozalash inshooti ta’mirlandi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?