Daryo

Jizzaxda gaz zapravkada turgan Matiz va Nexia yonib ketdi

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in avtomobillarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani sabab yuzaga kelgan

1 daqiqa o‘qish105 150 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

28-iyun kuni soat 05:40 da Jizzax viloyati Jizzax shahar “Sangzor” MFY O.Azimov ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, shoxobchadagi Matiz hamda Nexia rusumli avtomobillarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois yong‘in kelib chiqqan.

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax viloyati FVB yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, qisqa fursat ichida bartaraf etilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

“Ushbu holatda jabrlangan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Samarqandda metan zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketgani, Farg‘onadagi gaz zapravkada “Jiguli” portlagani hamda Qashqadaryoda harakatlanayotgan Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibati ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Urgutdagi gaz quyish shoxobchasida “ZIL” portlab ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar