Daryo

Surxondaryodagi metan zapravkada “UAZ”ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi

Hozirda mas’ullar tomonidan hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish58 546 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Surxondaryoning Muzrabot tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida “UAZ”ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa 28-iyul kuni soat 06:15 larda tumanning “Yurtim jamoli” MFYda joylashgan “Qora marvarid” MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida jarohatlangan hamda vafot etganlar yo‘q. Avtomobil va shoxobchaning tom qismi zararlangan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Hozirda mas’ullar tomonidan hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.

Avvalroq Samarqandda metan zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketgani, Farg‘onadagi gaz zapravkada “Jiguli” portlagani hamda Qashqadaryoda harakatlanayotgan Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibati ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Jizzaxda gaz zapravkada turgan Matiz va Nexia yonib ketdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar