• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojikiston prezidenti mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy paradda nutq so‘zladi

    Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bugun, 7-sentabr kuni Tojikiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Dushanbeda o‘tkazilgan harbiy paradda Tojikiston armiyasi askarlari, ofitserlari va zaxiradagi askarlarni siyosiy hushyorlikni yo‘qotmaslikka chaqirdi.

    Tojikiston chegarachilari

    Tojikiston chegarachilari
    Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

    Davlat rahbari parad ishtirokchilarini Tojikistonning asosiy bayrami bilan tabriklab, mamlakat aholisi respublikada konstitutsiyaviy tuzumni tiklash, tojik zaminida tinchlik va totuvlikni ta’minlash uchun jonini fido qilgan o‘g‘il-qizlarini hech qachon unutmasligini ta’kidladi.

    “Bugun minglab fuqarolarimiz vatanga halol va vijdonan xizmat qilayotganidan faxrlanamiz va ular bundan keyin ham ushbu vazifani sharaf bilan ado etishiga ishonamiz”, — dedi prezident.

    Emomali Rahmonning qayd etishicha, Tojikiston xalqi va hukumati milliy armiya askarlari va ofitserlari timsolida tinchlik, barqarorlik, birlik va milliy manfaatlar himoyachilarini ko‘radi.

    U so‘nggi paytlarda terrorchilar, ekstremistlar, radikallar, narkoguruhlar, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi, kiberjinoyatlar tufayli yuzaga kelayotgan yangi muammolar mintaqadagi va butun dunyodagi vaziyatni yomonlashtirganini ta’kidladi.

    Bu borada davlat rahbari Tojikiston Qurolli kuchlari va huquq-tartibot organlari vakillarini siyosiy hushyorlikni yo‘qotmaslikka, o‘z malaka va bilimlarini doimiy oshirib borishga chaqirdi.

    Dushanbe garnizoni bo‘linmalari va qo‘shinlarining harbiy paradida 15 mingdan ortiq tojik askar va ofitserlari hamda 30 ming zaxiradagi askarlar qatnashdi.

    9-sentabr, Tojikiston Mustaqilligi kunida Dushanbedagi “Do‘sti” maydonida fuqarolarning bayram yurishi bo‘lib o‘tadi, unda poytaxtning 45 mingdan ortiq aholisi ishtirok etadi.

    Avvalroq Tojikiston prezidenti “Tolibon”ga qarshi kuchlarning marhum yetakchilarini mukofotlagandi. Xususan, Emomali Rahmon Afg‘oniston sobiq prezidenti Burxoniddin Rabboniyni va hayotligi chog‘ida “Tolibon”ga qarshi kurashgan dala qo‘mondoni Ahmadshoh Mas’udni I darajali Ismoil Somoniy ordeni bilan mukofotladi.

    Mavzuga doir:

    • Emomali Rahmondan Emmanuel Makrongacha. Bir qator davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqini Mustaqillik bayrami bilan qutladi
    • Emomali Rahmon Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini aytdi

    07.09.2021, 14:41   Izoh (0)   21412
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo namoyishchilar tomonidan toshbo‘ron qilindi

    07.09.2021, 14:26

    Turkiya prezidentining yangi kitobi sotuvga chiqarildi

    07.09.2021, 13:12

    Hindistonda 11 kishida o‘limga olib keluvchi Nipah virusining simptomlari topildi

    07.09.2021, 10:42

    Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 2248 kishiga yetdi

    07.09.2021, 09:44

    Olimlar koronavirus bundan 21 ming yil oldin ham mavjud bo‘lganini aniqladi

    07.09.2021, 07:01

    Eron prezidenti yadro bitimi bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirdi

    06.09.2021, 18:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.