Dunyo bo‘ylab 1-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Tomskdagi maktabda o‘quv yilining an’anaviy ochilish marosimida qatnashayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari.

Foto: AP Photo

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkentdagi mushakbozlikni tomosha qilgani ko‘chaga chiqqan odamlar.

Foto: “Daryo” / Dildora Sharipova

Buyuk Britaniyaning Vustershir grafligida taom talashayotgan sa’valar.

Foto: PA

Melburnda koronavirusga qarshi emlash markazidagi navbatda kitob o‘qib yotgan erkak.

Foto: AFP

Braziliyada ko‘cha aktyorlari koronavirus pandemiyasi tufayli ishsizlikdan aziyat chekmoqda.

Foto: Getty Images

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkentda otilgan salyut.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Chexiyada Liberets shahridagi hayvonot bog‘ida yashovchi yolsiz zebra bolasi.

Foto: “TASS”

Xitoyning Xayyan shahridagi jismoniy tarbiya maktabi.

Foto: Getty Images

Yangi Opel Astra avtomobili kompaniyaning Ryusselsxaym (Germaniya) shahridagi zavodida namoyish etildi.

Foto: Getty Images

Tokiodagi teamLab Borderless raqamli san’at muzeyi.

Foto: EPA

Luiziana shtatining Galliano shahri sohilida “Ida” dovulidan so‘ng ag‘darilib yotgan kema.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyada o‘tkazilayotgan “Kitob o‘qish festivali”dagi chodirlar.

Foto: Reuters

Senegalning Palmarin viloyatida yog‘gan yomg‘irdan so‘ng maydon ko‘rinishi. Ushbu mintaqada 3 oy davom etadigan yomg‘irlar mavsumi boshlandi.

Foto: AFP

Xanoyda Vetnamning Mustaqillik kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: EPA

Gretsiya noqonuniy muhojirlar oqimi tufayli Turkiya bilan chegarada devor qurdi.

Foto: EPA

Kaliforniyadagi Tahoe ko‘liga yaqinlashib kelayotgan “Kaldor” o‘rmon yong‘inlari.

Foto: AFP

Turkiyada 1-sentabrdan baliq ovlashga ruxsat berilishi bilan o‘z faoliyatini qayta boshlagan Istanbul baliqchilari.

Foto: Getty Images

AQSh qo‘shinlari Kobuldagi Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportni tark etgandan so‘ng harbiy samolyot oldida yurib ketayotgan “Tolibon” a’zolari.

Foto: Reuters

Ispaniyaning San-Sebastyan shahrida quyosh chiqishi.

Foto: EPA

Afg‘oniston fuqarolari BMTning Nyu-Dehlidagi Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi binosi oldida xalqaro hamjamiyatni afg‘on qochqinlariga yordam berishga chaqirish uchun namoyish o‘tkazdi.

Foto: Reuters

Yangi o‘quv yilining birinchi kunida Pfizer vaksinasining birinchi dozasi bilan emlanayotgan falastinlik talaba.

Foto: AFP

O‘rta Yer dengizida Italiyaning Sohil gvardiyasini kutayotgan yog‘och qayiqdagi muhojirlar.

Foto: Reuters

Kobuldagi Mandavi bozoridagi xaridorlarning yonidan o‘tib ketayotgan “Tolibon” jangchisi.

Foto: AFP

Polshaning Beslan shahrida 1-sonli o‘rta maktabda sodir etilgan teraktning 17 yilligiga bag‘ishlangan motam tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”