Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik mashhur sport jurnalisti, yozuvchi, tarixchi va jaz ijrochisi Vladimir Safarov 14-iyul kuni hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda jurnalist Dmitriy Popov va boshqa bir qator manbalar ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Vladimir Safarov

O‘zbek sporti jurnalistikasida muhim o‘rin egallagan Vladimir Safarov 1939-yilning 17-yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Safarov O‘zbekiston futboliga oid ko‘plab ilmiy, statistik va tarixiy kitoblar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, u musiqaning jaz yo‘nalishida faoliyat olib borgan.

Uning “Paxtakor” klubi tarixi, 1979-yilgi aviahalokatga doir va o‘zbek futboli afsonalari haqidagi kitoblar o‘quvchilar orasida mashhur. Jurnalist faoliyati davomida 3 mingdan ortiq maqolaga mualliflik qilgan. Vladimir Safarov 1992-yilda O‘zbekiston futbolida Gennadiy Krasnitskiy nomidagi to‘purarlar klubini tashkil etilishida jonbozlik ko‘rsatgan. Undan O‘zbekiston futbolida 100 va undan ortiq gol urgan futbolchilar o‘rin oladi.

Safarov 2000-yilda O‘zbekiston futbol federatsiyasi (assotsiatsiya) tomonidan yilning eng yaxshi jurnalisti deb topilgandi.

Vladimir Safarov o‘zining jaz guruhi bilan

Vladimir Safarov o‘zining jaz guruhi bilan
Foto: Facebook / Vladimir Safarov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov