Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Talab yuqori dori vositalarini Toshkent viloyati Piskent tumanida 23 ming, Sirdaryo viloyati Shirin shahrida esa 3 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Piskent tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda B.T., R.T. va Sh.N. ismli fuqarolar pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib, daromad orttirishni ko‘zlagani aniqlangan. Xususan, ular xorijda ishlab chiqarilgan 399 quti “Sovifor 100 mg” (“Remdesivir”), 1 820 quti “Stoper 2 mg”, 13 quti “Kleksan 0.8ml” va 50 quti “Imudon” dori vositalarini jami 23 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining umumiy bahosi 185,3 million so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, departamentning Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.B. va D.B. ismli fuqaro o‘zaro til biriktirib, 50 quti “Covifor” (“Remdesivir”), 5 quti “Actemra 400 mg/20ml” dori vositalarini jami 3 ming AQSh dollari va 2,7 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Zangiotada 91,5 million so‘mlik “Remdesivir” dori vositasini 12 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlangani, Andijonda 650 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan va iste’molga yaroqsiz dori vositalari yo‘q qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6 oyda qancha aviaparvoz amalga oshirilgani ma’lum qilindi
Dunyo
Rossiya elchixonasi AQSHni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun harbiy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi