Professional boksning yarimo‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Yordenis Ugas (27-4, 12 KO) Las-Vegasdagi boks kechasida sakkiz yo‘nalishda sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoga (62-8-2, 39 KO) qarshi jang qildi.

Foto: Getty Images

Jang to‘liq 12 raund davom etdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan kubalik bokschining g‘alabasini qayd etdi. Hisob: 115-113, 116-112, 116-112.

Qayd etish joiz, bu 42 yoshli Pakyao uchun so‘nggi ikki yildagi dastlabki jang bo‘ldi. So‘nggi bor filippinlik charm qo‘lqop ustasi 2019-yilning iyun oyida ringga ko‘tarilgan va unda Kit Turmanni mag‘lub etgandi.

Boks kechasidagi qolgan janglar natijasi bilan tanishing:

  • Robert Gerrero (37-6-1, 20 KO) ochkolar evaziga Viktor Ortisni (32-7-3, 25 KO) mag‘lub etdi — 96-94, 96-94, 96-94;
  • Mark Magsayo (23-0, 16 KO) 10-raundda Xulio Sexani (32-5-1, 28 KO) nokautga uchratdi;
  • Karlos Kastro (27-0, 12 KO) 10-raundda Oskar Eskandonni (26-6, 18 KO) nokautga uchratdi.