• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” ayollar huquqlariga shariat doirasida amal qilishga va’da berdi

    “Tolibon” harakatining rasmiy vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda ayollar huquqlariga shariat qonunlari asosida rioya qilinishiga va’da berdi. Bundan tashqari, Al Arabiya telekanali harakat vakillariga tayanib xabar berishicha, “Tolibon” maktablarda o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida-alohida sinflar joriy etadi.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Afg‘onistonda “Tolibon” hukmronlik qilgan avvalgi davrda (1996–2001) ayollar huquqlari sezilarli darajada cheklangan edi. Ularga pardozdan foydalanish, jamoat joylarida yuzlarini ochib yurish, radio, televizorga chiqish, shuningdek, erkak qarindoshlarisiz biror joyga borish taqiqlangan edi. Ayollarga tashkilotlarda ishlash taqiqlangan, chunki “Tolibon”ning o‘sha paytdagi fikriga ko‘ra, “ayol ish vaqtida erkak hamkasbi bilan jinsiy aloqa qilishi mumkin”.

    “Ayollar shariat doirasida yashaydi. Qo‘shni davlatlar va jahon mamlakatlari biz ayollarning huquqlarini tan olmaymiz degan xayolga bormasligi kerak. Biz musulmonmiz, ayollarimiz ham musulmon”, — dedi Zabihulla Mujohid matbuot anjumanida.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, “hamma mamlakatlarning o‘z qonunlari bor. Afg‘onistonning ham o‘z urf-odatlari va an’analari bor”. “Biz o‘z urf-odatlarimizni hurmat qilamiz. Bizning tinch huquqimiz — mamlakatimizda islom qonunlarini joriy etishdir”, — dedi harakati vakili.

    Avvalroq “Tolibon” “ayollar huquqlarini hurmat qilishini” va agar paranji kiysa, ularga ishlashi va o‘qishi uchun ruxsat berishni va’da qilgandi. BMT Xavfsizlik kengashi yangi Afg‘oniston hukumatini ayollar ishtirokida tuzishga chaqirgan.

    “Tolibon” vakili Enamulla Samanganiy Afg‘oniston davlat televideniyesidagi chiqishida ayollarni mamlakat rahbariyatiga jalb etish ehtimolini istisno qilmadi.

    “Islom Amirligi (‘Tolibon’ Afg‘onistonni shunday ataydi) ayollarning qurbon bo‘lishini xohlamaydi, shariat qonunlariga ko‘ra, ayollar davlat tuzilmalarining bir qismi bo‘lishi kerak”, — dedi u. Shu bilan birga, Samanganiy hukumat tuzilmasi hali to‘liq ma’lum emasligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Afg‘onistonning yangi hukumati tajribaga asoslangan bo‘ladi, lekin u butunlay islomiy rahbariyat bo‘ladi.

    “Tolibon”ning Qatardagi vakolatxonasi vakili Suhayil Shohinning BBC’ga aytishicha, ayollar o‘qishni davom ettirishi va normal hayot kechirishi mumkin bo‘ladi, lekin ularga qonun ijodkorligi va sud faoliyatida qatnashishga ruxsat berilishi yoki berilmasligi noma’lum.

    BBC xabariga ko‘ra, “Tolibon”ning va’dalari Afg‘onistonning turli hududlaridan kelayotgan xabarlarga zid. Masalan, Qandahorda bankda ishlaydigan ayollarga endi ularning ishlarini erkak qarindoshlari bajarishi aytilgan. Boshqa hududlarda ayollarga mustaqil ravishda ko‘chaga chiqishga ruxsat berilmayapti va ular paranji yopinishga majbur bo‘lmoqda.

    Mavzuga doir:

    • “20 yil avvalgi holat bilan hozirgisi o‘rtasida katta farq bor”. “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin birinchi marta matbuot anjumani o‘tkazdi
    • Kobulda ayollar norozilik namoyishi o‘tkazdi — OAV
    • “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi

    18.08.2021, 19:27   Izoh (0)   58467
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” Nangarhorda namoyishchilarni o‘qqa tutdi (video)

    18.08.2021, 16:28

    “Tolibon” AQShdan 11-sentabrgacha Afg‘onistondagi harbiylarini to‘liq olib chiqishni talab qildi va ungacha amerikaliklarga hujum qilmaslikka va’da berdi

    18.08.2021, 15:26

    AQSh Afg‘onistonning Amerika banklaridagi davlat zaxiralarini muzlatib qo‘ydi

    18.08.2021, 13:39

    Yangi Zelandiyada bir kishida koronavirus aniqlangach, milliy lokdaun e’lon qilindi, COVID-19 qachon mavsumiy kasallikka aylanadi? Koronaxabarlar

    18.08.2021, 13:24

    “20 yil avvalgi holat bilan hozirgisi o‘rtasida katta farq bor”. “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin birinchi marta matbuot anjumani o‘tkaz...

    18.08.2021, 12:19

    Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 1,9 mingdan oshdi. Zilziladan zarar ko‘rgan hududlarda suv toshqinlari yuz berdi (video)

    18.08.2021, 12:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.