Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gerd Myuller 15-avgust kuni 75 yoshida vafot etdi. Futbol tarixidagi afsonaviy hujumchilardan biri o‘zidan shunday tarixiy rekordlar qoldirib ketganki, ularning ba’zilarini yangilashni iloji yo‘q.

Foto: Getty Images

Myuller 1945-yil noyabr oyida Germaniyadagi Amerika okkupatsiyasida tug‘ilgan. Oiladagi olti farzandning kenjasi edi, 15 yoshidayoq maktabni tashlab, fabrikada ishlashga majbur bo‘lgan. Yuk avtomobili haydovchisi bo‘lgan otasi vafot etgan, oilani boqish uchun esa pul juda zarur edi.

Gerd bo‘sh vaqtlarida futbol bilan shug‘ullanardi. 1960-yilda o‘zi tug‘ilgan shahar — Nerdlingenning “TSV 1861” jamoasida faoliyatini boshlagan. Avvaliga yoshlar jamoasida o‘ynagan Myuller 1963/64-yilgi mavsumdan boshlab asosiy jamoaga o‘tkazilgan. O‘sha mavsumning o‘zidayoq 47 o‘yinda 28 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda “TSV 1861” Gerd Myuller nomidagi stadionda o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.

Germaniyada iste’dodli hujumchiga e’tibor kuchayadi. Myunxenning asosiy jamoasi darhol futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakatni boshladi. Gap “Bavariya” haqida emas, o‘sha vaqtlarda katta kuchga ega bo‘lgan “Myunxen 1860” haqida ketmoqda. “Myunxen” jamoasi 1963-yilda Bundesliganing asoschilaridan biriga aylandi, 1964-yilda Germaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, 1965-yilda Kubok egalari Kubogi finaliga qadar yetib bordi. 1966-yilda esa Bundesliga chempioniga aylandi. Ammo mahalliy ligada o‘ynaydigan “Bavariya” direktori chaqqonlik qildi va Gerdga birinchi bo‘lib shartnoma taklif qildi.

Yosh hujumchi Bundesliga jamoasining asosiy jamoasida o‘ynab ketishiga shubha qildi va “Bavariya”ning taklifini qabul qilishni ma’qul ko‘rdi. Qo‘shimchasiga Gerd Myunxen mebellar do‘koniga ishga qabul qilindi.

To‘g‘ri, u avvaliga “Bavariya”da ham o‘ynab keta olmadi — murabbiy futbolchiga ishonch bildirmadi. Vaqt o‘tishi bilan Myuller murabbiy xato qilayotganini isbotladi. Uning sheriklari “Bavariya”ning bo‘lajak yulduzlari Frans Bekkenbauer va Zepp Mayer edi. Bir mavsumdan so‘ng ular Bundesligada ishtirok etadigan bo‘ldi.

Shu tariqa Gerd Myuller davri boshlandi:

  • Bundesligada 365 ta gol — bu rekord haligacha yangilanmadi (ikkinchi o‘rindagi Levandovskida 277 ta gol mavjud).
  • Bundesligada 32 ta het-trik — bu ham rekord.
  • Bundesligada 7 marta mavsumning eng yaxshi hujumchisi bo‘lgan — rekord.
  • 1970-yilda “Oltin to‘p”, 1970, 1972-yillarda “Oltin butsi”ni qo‘lga kiritgan.
Myuller terma jamoada ham porladi. 1970-yilgi mundialda u 10 ta gol bilan to‘purarga aylandi. Ko‘pchilik yarim finaldagi italyanlarga qarshi bahsni asr o‘yini deb hisoblaydi (qo‘shimcha vaqtlarda 5 ta gol urilgan). Myuller dubl qayd etgandi, ammo nemislar 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. Hujumchi birinchi musobaqasida bronza medalga ega chiqdi, keyingilarida esa faqatgina buyuk g‘alabalar qo‘lga kiritildi.

Yevro—1972. Myuller 4 ta gol bilan musobaqa to‘purariga aylandi. Jamoasi esa oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda Gerd SSSR darvozasini 2 marta ishg‘ol qildi. Nemislar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yevro—1972. Myuller 4 ta gol bilan musobaqa to‘purariga aylandi. Jamoasi esa oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda Gerd SSSR darvozasini 2 marta ishg‘ol qildi. Nemislar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Foto: Imago Images

Oradan ikki yil o‘tib “Millat to‘purari” (Myuller shunday laqab olgandi) Jahon Chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Germaniyada bo‘lib o‘tgan finalda Niderlandiya 2:1 hisobida mag‘lub etildi.

Myuller o‘sha o‘yinda oxirgi marta terma jamoa libosini kiydi. 28 yoshida Gerd Myuller oilasi uchun ko‘proq vaqt ajratish maqsadida terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Terma jamoadagi 8 yili mobaynida Myuller 62 o‘yinda 68 ta gol urdi. Faqatgina Miroslav Kloze undan ko‘proq gol urgan (71). Lekin Klozega bu natijaga erishish uchun 13 yil va 137 o‘yin kerak bo‘ldi.

Uzoq vaqt mobaynida Myuller Jahon Chempionati to‘purari bo‘lib turdi (14 ta gol), 2006-yilgi mundialda Ronaldo 15-golini urdi va to‘purarga aylandi. 2014-yilda esa Kloze 16 ta gol bilan mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Foto: DPA

Yevrokuboklarda Myullerning statistikasi ajoyib: 3 marta Yevropa chempionlar kubogini, Kubok egalari Kubogi va Mintaqalararo Kubokni qo‘lga kiritgan.

Yevrokuboklarda Myullerning statistikasi ajoyib: 3 marta Yevropa chempionlar kubogini, Kubok egalari Kubogi va Mintaqalararo Kubokni qo‘lga kiritgan.
Foto: Imago Images

“Bavariya”ni mahalliy ligadan olib chiqqan Myuller va Zepp Mayerning xursandchiligi.

“Bavariya”ni mahalliy ligadan olib chiqqan Myuller va Zepp Mayerning xursandchiligi.
Foto: Imago Images

1974-yilgi Chempionlar Kubogi finalida Myuller “Atletiko” darvozasiga ikkita gol urdi. Ispaniyaliklar 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi, lekin judayam xafa ko‘rinmaydi.

1974-yilgi Chempionlar Kubogi finalida Myuller “Atletiko” darvozasiga ikkita gol urdi. Ispaniyaliklar 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi, lekin judayam xafa ko‘rinmaydi.
Foto: Imago Images

Baxtli bryusselliklar afsonaning o‘yinini tomosha qilmoqda.

Baxtli bryusselliklar afsonaning o‘yinini tomosha qilmoqda.
Foto: Imago Images

Myuller chempionat va Germaniya Kubogini 4 martadan qo‘lga kiritgan. “Bavariya” gegemonligi shu tariqa boshlangan.

Myuller chempionat va Germaniya Kubogini 4 martadan qo‘lga kiritgan. “Bavariya” gegemonligi shu tariqa boshlangan.
Foto: Imago Images

Bundesliganing 1971/72-yilgi  mavsumida Gerd 40 ta gol urdi. Bu rekord 49 yil davomida yangilanmadi. 2020/21-yilgi mavsumda Robert Levandovski bu rekordni yangiladi.

Bundesliganing 1971/72-yilgi  mavsumida Gerd 40 ta gol urdi. Bu rekord 49 yil davomida yangilanmadi. 2020/21-yilgi mavsumda Robert Levandovski bu rekordni yangiladi.
Foto: Imago Images

1982-yilda faoliyatini yakunlagan Myuller depressiyaga tushib qoldi va ichkilikka berildi. Sobiq jamoadoshlari uni davolanish kurslariga borishga ko‘ndirdi va “Bavariya II” jamoasida murabbiylik lavozimini berdi. Myuller u yerda 1992-yildan 2014-yilga qadar ishladi.

Robert afsonani hurmat bilan yodga oldi: 40-golini urganda futbolkasidagi Myullerga bag‘ishlangan rasmni ko‘rsatdi. Unda “4ever Gerd” (Gerd abadiy) deb yozilgandi.

Robert afsonani hurmat bilan yodga oldi: 40-golini urganda futbolkasidagi Myullerga bag‘ishlangan rasmni ko‘rsatdi. Unda “4ever Gerd” (Gerd abadiy) deb yozilgandi.
Foto: Getty Images

Oxirgi yillarda og‘ir kasallikdan aziyat chekayotgan 75 yoshli faxriy futbolchi sharafiga bu chiroyli harakat edi. 2015-yilda “Bavariya” Myullerni Alsgeymer kasalligi qiynayotgani haqida xabar berdi. Uning ahvoli og‘irlashib borardi. Gerd qariyalar uyida yashardi. Shifokorlar, rafiqasi va do‘sti Paul Braytner unga g‘amxo‘rlik qilardi. Myuller yaqinlarini tanimasdi, deyarli ovqatlanmasdi, hech kim bilan gaplashmasdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi