Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

5-avgust kuni “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida qisqa raqamlardan (4 raqamli) foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqini beruvchi elektron auksion o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Spot

Foto: Spot

Mazkur kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’lumot xizmatlari uchun qisqa (4 raqamli) maxsus raqamlarni onlayn-auksion tarzda sotish orqali ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.

Hamkorlik doirasida qisqa raqamlar birjaning “Mobilraqam.uzex.uz” platformasida onlayn auksion tarzida sotila boshlangan.

Onlayn-auksionlarda faqat yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun ushbu veb-saytda onlayn ro‘yxatdan o‘tish va birjaning hisob-kitob kliring palatasi (HKP)ga “zakalat” va vositachilik yig‘imi uchun kerakli mablag‘larni kiritishlari kerak.

Ayni vaqtda bu kabi raqamlarning boshlang‘ich narxi 9-120 million so‘mni tashkil etmoqda. Onlayn savdoda ishtirok etish tartibi bilan saytga joylashtirilgan video yo‘riqnoma orqali tanishib chiqish mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida “chiroyli” mobil raqamlar savdosi besh barobarga oshgani ma’lum bo‘lgandi. Hozirda birjada to‘rtta operator — Beeline, Ucell, Mobiuz va Uztelecom raqamlarini xarid qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi