So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Fransiyada yoshlar vaksina olmaslik uchun ataylab o‘zlariga koronavirusni yuqtirmoqda

    08.08.2021, 11:35 44742

    Fransiyada yoshlar Pass Sanitaire sanitariya ruxsatnomasini olish sharti sifatida koronavirusga qarshi emlanmaslik uchun ataylab virusni o‘zlariga yuqtirmoqda. Bu haqda Focus nashri xabar berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Fransiyada jamoatchilik joylariga tashrif buyurish uchun sanitariya ruxsatnomasiga ega bo‘lish shart, u esa faqat kasallanib o‘tgan yoki vaksina olgan fransuzlarga beriladi.

    Yoshlardan biri nashrga ma’lum qilishicha, tezroq virusni yuqtirish, so‘ng sog‘ayib, ruxsatnoma olish uchun ular niqob taqmay va qo‘llarini yuvmay qo‘ygan. Ular immunitet “kasallikni tabiiy yo‘l bilan yengish”ni o‘rganishi tarafdori.

    “Umrimning oxirigacha har uch oyda vaksina olganimdan ko‘ra, bir marta COVID-19 ga chalinganim afzalroq”, — deb yozadi yana bir yigit ijtimoiy tarmoqda.

    Kasallikka nisbatan bunday munosabatni mutaxassislar qoralamoqda. “Ular haqiqiy xavfni tushunmayapti. Virus bilan bunday o‘yinlarni o‘ynash — butunlay xato ish. Yoshlar o‘zlarini xavfsiz his qilib kelayotgan edi, ammo so‘nggi vaqtlarda COVID-19 ga chalinib, intensiv davolash bo‘limlarida yotgan bemorlarning o‘rtacha yoshi pasaydi. Infeksiya dastlab simptomsiz kechsa-da, uning uzoq muddatli asoratlari xavfini istisno qilib bo‘lmaydi”, — deya aniqlik kiritdi epidemiolog Filipp Amuayel.

    Ayni paytda Fransiyada sanitariya ruxsatnomalariga qarshi norozilik aksiyalari davom etmoqda. 7-avgust, shanba kuni mamlakatning 150 ta shaharlarida kamida 237 ming kishi namoyishlarda qatnashdi, Parijning o‘zida 17 ming kishi ko‘chalarga chiqdi.

    Bu sanitariya ruxsatnomalari joriy etilishiga qarshi qarshi fuqarolar ommaviy noroziliklar uyushtirayotgan to‘rtinchi shanbadir. O‘tgan safar, Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlarda 204 ming kishi qatnashgan. Shu safar norozilik aksiyalariga hatto kuchli yomg‘irlar ham xalal bera olmadi, Parijda aksiyalar do‘l ostida yakunlandi.

    Butun mamlakat bo‘ylab 198 ta norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi, umuman olganda, vaziyat tinchigan bo‘lgan bo‘lsa-da, ba’zi joylarda politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi, oqibatda namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llanildi. 35 kishi qo‘lga olindi, yetti nafar politsiyachi yengil jarohatlar oldi.

    Sanitariya ruxsatnomasiga qarshi bo‘lganlar fikricha, hukumat vaksina olmagan fuqarolarning harakatlanishini cheklab qo‘yish orqali, ularning asosiy huquqlarini buzmoqda. Fransiya muxolifati hukumat yangi cheklovlarni hech bo‘lmaganda kechiktirib turishi kerak, degan fikrda.

    Shu hafta Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi sanitariya ruxsatnomalari amal qiladigan zonalarni kengaytirish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi, xususan, restoranlarga tashrif buyurish, mamlakat ichida poyezd va samolyotlarda safar qilish ham kiritildi. Ushbu qonun loyihasi avvalroq Fransiya parlamentining ikkala palatasi tomonidan ham ma’qullangan edi.

    Aynan Konstitutsiyaviy kengash hukumat tomonidan rejalashtirilgan choralarning ma’qullanishiga to‘sqinlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan so‘nggi instansiya edi.

    Fransiya hukumati rejalariga ko‘ra, qonun 9-avgust kuni kuchga kiradi. U holda 9-avgustdan kafe va restoranlarga kirishda, transportga chiqishda (shahar jamoatchilik transportidan tashqari) sanitariya ruxsatnomasini taqdim etish kerak bo‘ladi. Ushbu hujjatda fuqaroning COVID-19 ga qarshi emlangani yoki yaqinda virusga qarshi manfiy natijali test topshirgani ko‘rsatilishi kerak.

    Mavzuga doir:

    • Yevropada koronavirus cheklovlariga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Gretsiyada namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi (foto)
    • Fransiyada 160 ming kishi majburiy vaksinatsiyaga qarshi namoyishga chiqdi, Senat ularga yon bosdi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?