Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va’da qilib, hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga 15 ming dollar talab qilgan sobiq kadastr xodimi ushlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, DXX viloyat boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Xo‘jaobod tumani filiali mutaxassisi Z.A. boshqa bir fuqaroga tanishlari orqali tumandagi sobiq tez tibbiy yordam bo‘limi binosini auksion savdolarisiz egalik huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 1 gektar yer uchun hokim qarorini chiqarib, kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming dollar so‘ragan mansabdor qo‘lga olingani xabar qilingandi.