So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan

    05.08.2021, 11:45 36841

    O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan birinchilardan bo‘lib emlangan. Bu haqdagi axborotni bosh vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov “Daryo”ga tasdiqladi.

    Abdulla Aripov.

    Abdulla Aripov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum bo‘lishicha, bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan 2021-yil boshida to‘liq emlanib bo‘lgan. Uch bosqichli emlanish jarayonining birortasidan so‘ng hukumat rahbarida nojo‘ya ta’sirlar sezilmagan.

    Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘lgani ma’lum bo‘lgan edi. “Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida, albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda uchta vaksina — ZF-UZ-VAC-2001, AstraZeneca va ‘Sputnik V’ ro‘yxatdan o‘tgan edi. Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar”, — deya ma’lum qilgandi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

    Mavzuga doir: Foto: Emlangan o‘zbek amaldorlari

    Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ZF-2001 rekombinant vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari O‘zbekistonda dekabr oyida boshlangan edi. O‘zbekistonlik bir qator yuqori martabali amaldorlar, xususan, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov butun oilasi bilan shu sinovlarda qatnashgan edi.

    Fevral oyiga kelib, Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonni vaksina hammuallifi deb tan olgan, shundan so‘ng O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan emdorining nomi ZF-UZ-VAC-2001 deb o‘zgartirilgan. 1-mart kuni vaksina O‘zbekistonda rasman ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi, 1-apreldan esa aholini, xususan, ushbu vaksina bilan ommaviy emlash ishlari boshlandi.

    5-avgust holatiga ko‘ra O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 12,5 million dozadan ortiq vaksina keltirilgan bo‘lib, shundan 8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasidir. Kelgusida yana 12 million doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirilishi kutilmoqda. O‘zbekistonliklar eng ko‘p aynan shu vaksina bilan emlanmoqda — birgina 2-avgust kuni vaksinaning 1-dozasi bilan emlangan 243 493 o‘zbekistonlikning 213 868 nafari (87 foizi) o‘zbek-xitoy vaksinasini olgan.

    Mavzuga doir: “O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar orasida o‘lim kuzatilgani yo‘q” — Botir Qurbonov

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyada Ukrainaga yetkazib berish uchun qurol-yarog‘ tugadi — The Telegraph

    Bugun, 17:31

    Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdullaning bir xil vaznda yurishining siri nimada?

    Bugun, 17:17

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov Olimpiada finalchisini mag‘lub etdi

    Bugun, 17:16

    O‘zbekistonda “Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi

    Bugun, 17:14

    Osiyo o‘yinlari. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi KXDRdan javobsiz 8 ta gol o‘tkazib yubordi

    Bugun, 17:13

    “Kapitalbank” ATB 4 ta avtomobil va ko‘plab pul mukofotlari o‘yinini o‘tkazmoqda

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Ukraina zaxira transformatorlarni qo‘shni mamlakatlarda yashirdi — OAV

    Bugun, 17:05

    Koreys restoranlarida nega tish kovlagich taqiqlangan? Samarqandda noodatiy Eko-Zakovat o‘tkazildi

    Bugun, 16:48

    Tojikiston va Qirg‘iziston “barcha chegaraviy muammolarni hal qiladigan” protokolni imzoladi

    Bugun, 16:30

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi oshdi

    Bugun, 16:17

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    Bugun, 16:10

    Tavsiya etamiz

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    Xudosini cho‘miltirayotgan hindlar, mehmonga kelgan ayiq, odamlardan yasalgan minora — hafta suratlari

    22:00 / 01.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — yiliga 30 ming dollardan ortiq

    16:00 / 02.10.2023

    Prigojinning vasiyatnomasi e’lon qilindi (foto)

    17:00 / 02.10.2023

    Ukraina prezidenti ofisi Zelenskiyni masxara qilgan Ilon Maskka javob qaytardi

    17:00 / 02.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    “Bo‘lishi mumkin emas!”. Neymar Eron klubi stadioni haqidagi videoga izoh qoldirdi 

    13:00 / 02.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.