Ijtimoiy tarmoqlarda 5-avgust kuni imtihonlardagi test savollari tarqalib ketgani bo‘yicha xabarlar paydo bo‘ldi. Holat yuzasidan Davlat test markazi izoh berdi.

Qayd etilishicha, matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 1173366 raqamli test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, Buxoro viloyatidagi “GMK” o‘quv markazi tomonidan 1-may kuni 13288 raqam bilan buyurtma qilingan va 5-may kuni test materiallari o‘quv markaziga yetkazilgan. Mazkur test topshiriqlari kitobi 5-avgust sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Foto: DTM

Matematika va biologiya fanlaridan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitoblari diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur test topshiriqlari kitoblari 5-avgust sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishlatilmagan.

Foto: DTM

Foto: DTM

Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7016128 raqamli test topshiriqlari kitobi 2020-yilda o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Foto: DTM

Foto: DTM

Biologiya fanidan test topshiriqlari aks etgan 1122414 raqamli test topshiriqlari kitobi 5-avgust kuni Namangan viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Foto: DTM

Bundan avval O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilingani hamda O‘zbekistonda qancha abituriyent OTMlarga hujjat topshirgani ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.