• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sayohat

    Turkiyani butunlay boshqa tomondan ochib beruvchi sayohatbop 6 maskan

    Turkiyaning barchaga tanish va mashhur qadamjolaridan tashqari, yana shunday joylari borki, ko‘plab sayyohlar uchun quyidagi ma’lumotlar qiziq bo‘lishi aniq.

    Turkcha Maldiv orollari: Salda ko‘li

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mamlakatning janubida, Burdur viloyatida sayyohlar ajoyib manzaradan — oq qum va Salda ko‘lining maftunkor toza suvlaridan bahramand bo‘lishadi. Antaliyadan ko‘lga taxminan ikki soatda yetib borish mumkin. Tabiatning mazkur mo‘jizasi o‘rmon va tog‘lar orasida joylashgan, shuning uchun bu yerdagi havo harorati har doim qirg‘oqqa qaraganda 7-10 daraja past bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ko‘l, aslida, tog‘ plitalaridagi yoriqlarning tektonik kelib chiqishidan paydo bo‘lgan. Qum esa mineral gidromagnezitning tabiiy qatlamidan hosil bo‘lgan. Sohil bo‘yida tabiiy loy vannalarini topish mumkin: magniy miqdori yuqori bo‘lgan oq loy bo‘g‘imlar uchun juda foydali. Hozircha bu hudud sayyohlar bilan gavjum emas, bu yerda besh yulduzli mehmonxonalar yo‘q, faqat chodirli lagerlar va bir nechta kafe bor, xolos.

    Issiq buloqli kurort va sanatoriylar: Dalaman, Yalova, Pamukkale

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Turkiyadagi sog‘lomlashtirish oromgohlari ko‘pchilik sayyohlar uchun hali yaxshi tanish emas, ammo turklar orasida juda mashhur. Egey dengizi sohili Dalaman shahridagi mineral suv va tabiiy loylar nevrologik, oshqozon va yurak kasalliklarini davolaydi, stress va surunkali charchoqni ketkazadi. Buloqlar yaqinidagi sanatoriyda davolanish yoki plyaj sohilidagi mehmonxonada yashash va muolajalarga borish uchun barcha sharoitlar yetarli.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yalova kurorti Istanbul yaqinida, tabiiy dendrologik parkda joylashgan. Bu yerda mineral buloqlari bo‘lgan mehmonxonalarni, shuningdek, yirik tibbiyot klinikalarini topish mumkin. Sayyohlar ginekologik muammolar, buyrak va teri kasalliklarini davolash, immunitetni yaxshilash va asab tizimini mustahkamlash uchun Yalovaga boradi. Pamukkalada 20 ga yaqin issiq buloq mavjud. Mutaxassislar mushak-skelet tizimi, yurak-qon tomir va teri kasalliklarini davolash uchun qaysi buloqlardan foydalanish kerakligini tavsiya qilishadi.

    Havo sharida sayohat: Kappadokiya

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kappadokiyaga sayyohlar oqimi kamayganda borgan ma’qul: mart—aprel oylarida havo salqin bo‘ladi, sayyohlar ham ko‘p bo‘lmagani sababli manzaralardan to‘liq zavq olasiz. Bu yerlardagi g‘orlarda Vizantiyaning gullab-yashnagan davridan qolgan tasvirlarni uchratish mumkin. Agar ko‘proq ekzotikani xohlasangiz, tik qoya ustiga qurilgan mehmonxonaga tashrif buyuring.

    Haqiqiy Turkiya: Istanbul

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Frilanserlar va masofaviy ishlaydiganlar orasida Istanbulga bir-ikki oyga borish so‘nggi yillarda haqiqiy tendensiyaga aylandi. Bu yerda ijara narxi o‘rtacha, internet barqaror va arzon. Istanbul tasavvur qilganingizdan-da katta shahar: Beyog‘li markazida dam olishingiz, Beshiktoshda dengiz va parom manzaralaridan bahramand bo‘lishingiz, zerikkaningizda esa Shahzodalar oroliga sayohat uyushtirishingiz mumkin.

    Xarid qilish: Bursa

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Bursa turk to‘qimachilik poytaxtidir. Bu yerdagi rang-barang bozor va do‘konlardan matolar, to‘qimachilik buyumlari, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ulgurji narxlarda topish mumkin. Turkiyaning eng yirik to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ushbu hududda joylashgan. Shaharning markazida mashhur Ipak bozori joylashgan. Bu yerdan Bursaning afsonaviy ipagidan tayyorlangan deyarli har qanday kiyim yoki aksessuarni topish mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Turkcha shopingda qancha narsa xarid qilishingiz emas, balki u yerdagi jarayon zavqlidir. Birorta do‘konda turkcha choyni lukum bilan asta-sekin ichish asnosida do‘kon egasi sizga butun mahsulotini namoyish etadi. Taassurotlar esa uzoq vaqtgacha sizni tark etmaydi.

    Mavzuga doir: 

    • “Daryo” fotosayohati: Kemalar, dengiz vokzali, baliq tutayotgan odamlardan iborat Bosfor bo‘g‘ozi
    • Istanbul romantikasi: turk qahvasi, gilam bozori, chag‘alaylar bo‘lgan shaharning eng yaxshi joylari (foto)
    • Foto: Istanbulning mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi qadamjolarga nazar
    • Foto: Turk va yunon madaniyati qorishgan qadimiy qishloq — Sille

    03.08.2021, 13:22   Izoh (0)   24042
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada sayyohlarning kunlik turar joy uchun qancha mablag‘ sarflashi e’lon qilindi

    02.08.2021, 12:58

    Foto: Hindiston shaharlarining odatiy kundalik hayoti

    01.08.2021, 21:56

    Yer yuzidagi inson hayoti davomida borib ko‘rishga arziydigan maskanlarning o‘ziga xos suratlari

    30.07.2021, 21:57

    Uy ijarasi oyiga 3500 dollar, otlarning ham o‘z jakuzisi bor: Neft jannati — Qatardagi hayot haqida qiziqarli ma’lumotlar (foto)

    30.07.2021, 14:44

    Sokinlikni sevuvchilar uchun 10 ta makon (foto)

    28.07.2021, 17:41

    Shvetsiyaning o‘z qoidalariga ega alohida dunyo ekanini o‘zida mujassam etgan suratlar

    23.07.2021, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.