• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Foto: Istanbulning mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi qadamjolarga nazar

    “Shabi arus” tadbirlarida ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik jurnalistlardan iborat guruh 14–20-dekabr kunlari Turkiyaning Konya va Istanbul shaharlarida bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan uyushtirilgan safar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari Beyo‘g‘li tumanida ham bo‘lib, u yerdagi mashhur qadamjolarni ko‘zdan kechirdi.

    Galata mavlaviyxonasi.

    Galata mavlaviyxonasi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Galata mavlaviyxonasi Istiqlol ko‘chasining pastki qismidan Qorako‘y tramvay bekati hamda Galata ko‘prigigacha cho‘zilgan G‘olib dada ko‘chasida joylashgan.

    Kirish qismi, Holid afandi maqbarasi (o‘ngda) va Sebbilkitob kutubxonasi (chapda).

    Kirish qismi, Holid afandi maqbarasi (o‘ngda) va Sebbilkitob kutubxonasi (chapda).
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tor yo‘lakdan o‘tib, ichkariga kirilganda Yevropaga xos toshli hovli, Usmonlilar uslubida yog‘ochdan qurilgan samoxona, maqbaralar va favvoraga duch kelasiz. Muzeyda haqiqiy madaniyat obyektlari, samoxona, Holid afandi maqbarasi, Shayx G‘olib maqbarasi, Sebbilkitob binosi, Odila sulton favvorasi, Hasan og‘a favvorasi va “Hamuflon” mavlaviylar qabristoni bor.

    Mavlaviyxona.

    Mavlaviyxona.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Galata yoki Kuliqopi mavlaviyxonasining ilk binosi 1491-yilda qurilgan. O‘sha vaqtda mavlaviyxona rahbarligiga shayx Mahmud dada, keyinroq esa Sofi Musa dada tayinlanadi. Tariqat a’zolari oq kigizdan qilingan baland konus shaklidagi qalpoq, yenglari yo‘q, tovongacha tushadigan oq yaktak (tanura), kalta yengli kamzul va keng belbog‘ taqishgan. Juma kunlari mavlaviyxona a’zolari zikr tushib, samo raqsini ijro etgan. Ilk bino 1766-yilda yong‘indan talafot ko‘rganidan so‘ng darvishlar yangisini quradi va u bugungi kungacha yetib kelgan muzeyga aylantiriladi. Shayx va shoir G‘olib dada sharafiga ushbu manzilni G‘olib dada dargohi deb ham atashgan. Bino oddiy madrasa uslubida katta zal, darvishlar xonasi, shayx xonasi, kutubxona, oshxona, maqbara va boshqa ichki bo‘limlar bilan birga qurilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bino tuzilishi xaritasi.

    Bino tuzilishi xaritasi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Samoxona.

    Samoxona.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darvishlar raqsi samo haqida ma’lumotlar aks etgan eksponatlar.

    Darvishlar raqsi samo haqida ma’lumotlar aks etgan eksponatlar.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darvishlar kiyimlari.

    Darvishlar kiyimlari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darvishlar bosh kiyimlari.

    Darvishlar bosh kiyimlari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darvishlar belbog‘i.

    Darvishlar belbog‘i.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darvishlar libosi elementlari.

    Darvishlar libosi elementlari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Galata mavlaviyxonasi sultonlar Salim II, Mahmud II va Abdulmajid I davrida ham ta’mirlanib, restavratsiya qilingan. Turkiya respublikasi tashkil etilganidan keyin Galata mavlaviyxonasi yopilgan (1925–1965). Istanbul viloyat noibligi qarori bilan samo raqsi maktabi sifatida ishlatila boshlangan.

    Deyarli yarim asrdan so‘ng qilingan mukammal ta’mirlash ishlaridan keyin (1967–1972) bino ichida klassik turk she’riyatini o‘zida aks ettirgan Devon adabiyoti muzeyi ochilgan. Kichik muzey eksponatlari orasida musiqa asboblari, qo‘lyozmalar va darvishlarning buyumlari namoyish etilgan. Barokko usulida qurilgan sakkiz burchakli yog‘och zalda oyning har so‘nggi yakshanbasida sufiylar samo raqsi ijro etilgan.

    Mavlaviyxonaning qabristonida shayxlar, mashhur musiqachilar, shoir va mutafakkirlar dafn etilgan. Bu yerda ilk turk matbaachisi Ibrohim Mutafakkir, ilk g‘arbiy artilleriya maktabini ochgan Humbaraji Ahmad poshsha, devonning ilk shoirasi Laylo xonim va nay ustasi Usmon dada qabrlari bor. Ta’mirlash ishlari tugagandan keyin (2011-yilning noyabrida) sayyohlar uchun samo raqsi ham namoyish qilib kelinadi.

    Galata minorasi

    Galata minorasi.

    Galata minorasi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Galata minorasi Istanbulning Yevropa qismida, Galata tepaligi ustida, Beyo‘g‘li tumanida joylashgan. U shahar markazining deyarli barcha nuqtasidan ko‘zga tashlanib turadi. Minora balandligi 67 metr, diametri 9 metr, dengiz sathidan 140 metr balandlikda turadi va shahar ramzlaridan sanaladi. Minoraning tepa qismidagi 8-qavatdagi restoran va 9-qavatda tomosha maydonchasidan turib Istanbulning panoramali ko‘rinishiga guvoh bo‘lish mumkin. Beyo‘g‘li tumanining ko‘chalari, eski shahar, “Oltin shoh”ning (Bosfor bo‘g‘ozining Yevropa qirg‘oqlari yaqinidagi buxta) o‘ng qirg‘oqlari, Bosforning Osiyodagi qirg‘og‘i ko‘rinib turadi. Agar havo yaxshi bo‘lsa, “Shahzoda orollari” va Marmar dengizi qirg‘oqlarini ham ko‘rish mumkin. Minorada 2 ta lift, restoran, qovoqxona, sharqona qahvaxona va tungi klubgacha ishlagan. Minora ayni vaqtda muzey maqomida faoliyat yuritadi hamda 9 qavatdan iborat. 2020-yilgacha har bir qavatning o‘z vazifasi bo‘lgan. Uchinchi va to‘rtinchi qavatda esdalik sovg‘alari sotuvchi do‘konlar, beshinchi qavatda Genuez qovoqxonasi, oltinchi qavatda oshxona, yettinchi qavatda shahar maketi o‘rin olgan foye, sakkizinchi qavatda restoran va to‘qqizinchi qavatda tomoshagoh o‘rin olgan.

    Minoraning 9-qavatidan Istanbul kaftdek ko‘rinib turadi.

    Minoraning 9-qavatidan Istanbul kaftdek ko‘rinib turadi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Minoraning ichki ko‘rinishi.

    Minoraning ichki ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shahar maketi.

    Shahar maketi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Minora haqidagi ma’lumotlar doskasi. 

    Minora haqidagi ma’lumotlar doskasi. 
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Minora o‘rnida qachonlardir VI asrda qurilgan mayoq bo‘lgan. Genuyaliklar vizantiyaliklardan ushbu tumanni tortib olganidan so‘ng koloniya tashkil etgach, 1341-yilda uning atrofida mudofaa devorlari qura boshlaydi. 1348-1349 yillarda tepalikda bugungi kungacha yetib kelgan mana shu minora qurilgan va “Masih minorasi”, deb atashgan. Minora dengizchilar va savdogarlar uchun alohida ahamiyat kasb etgan. Mudofaa devori va xandaqlarning bir qismi hozirgacha ham turibdi. Ayni vaqtdagi Galata nomi unga Usmonlilar davrida berilgan, chunki u shaharning tarixiy joylaridan bo‘lgan Galatadan (galaktos — yunon tilida sut) o‘rin olgan. Nomning kelib chiqishi xususidagi afsonalardan birida aytilishicha, Konstantinopol davrida ushbu hududda qo‘y va echkilar boqilgan. Boshqa bir talqinda esa Anatoliyaning kelt qabilalaridan birining nomi “galatalar”dan olingan, deyiladi. Uchinchi talqinda esa italiyaliklarning “kalata” — qiyalik so‘zidan olingan.

    Sulton Mahmud G‘olib davrida gumbazlar oldirilgan, minora balandligi 6,8 metrgacha kamaytirilgan. Murod II (1574-1595) davrida esa undan rasadxona sifatida, yerto‘lalaridan esa qamoqxona sifatida foydalanilgan.

    1632-yilda minorada dunyoning eng birinchi parvoz amalga oshirilgan. Olim Hezarfon Ahmad Chalabiy qo‘lbola qanotlarda sakrab Bosfor ustidan uchib o‘tib, shaharning Osiyo qismiga muvaffaqiyatli qo‘nadi, sulton Murod tomonidan taqdirlanadi, ammo keyinroq sulton maslahatchilari va din peshvolari ig‘volari bilan Jazoirga surgun qilinib, 31 yoshida u yerda vafot etadi. Hezarfon parvozi aks etgan epizodni turklarning “Muhtasham yuz yil: Kosem” serialidagi qismlaridan birida tomosha qilish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    1971-yilda minora ta’mirlanib, balandligi 45 metrni tashkil qilgan. 1832-yildagi ta’mirlash ishlari natijasida esa tomoshagoh ham qurilgan.Tun-u kun qo‘riqchilik qilgan kuzatuvchi unda o‘tirib shaharning shimoliy “Oltin shoh” qirg‘og‘idagi tartibsizlik yoki yong‘inlardan xabardor bo‘lib turgan. 1875-yilda minora o‘zining zamonaviy ko‘rinishiga yaqin qiyofaga kirdi. 1964-1967 yillarda minora qayta tiklandi, konus shaklidagi gumbaz qayta qurildi va keyinchalik lift minora ichiga o‘rnatildi. 2020-yilda Galata minorasi shahar munitsipalitetidan Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi ixtiyoriga berildi hamda ta’mirlashga yopildi. 2020-yilning 9-oktabrida bino qayta ochilib, ko‘ngilochar maqomidan muzey maqomiga o‘tdi.

    Avliyo Antoniy Paduanskiy cherkovi

    Avliyo Antoniy Paduanskiy cherkovi Istanbulda ishlab turgan katolik bazilikasi sanaladi. U ham mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi sershovqin Istiqlol ko‘chasidan joy olgan. Ilk cherkov 1724-yilda italyan ruhoniylari tomonidan qurilgan. U 180 yil turgan, ammo 1904-yilda tramvay yo‘li o‘tkazilishi munosabati bilan buzib tashlangan va sal nariroqda joy ajratilgan. 1905-yilda yangi cherkov qurilishi boshlangan. Italyanlarning neogotika uslubidagi qizil g‘ishtdan qurilgan bino 1912-yilda ibodatga ochilgan. Bino hovlisida 2 ta turar-joy binolari ham qurilgan bo‘lib, ulardan tushgan daromad cherkov bunyodkorligida ishlatilgan. Hozirda unga kirish mana shu uylar orasidagi arka orqali amalga oshiriladi. 1932-yilda Rim Papasi Piy X Avliyo Antoniy Paduanskiy cherkovini kichik bazilikalar doirasida kiritadi. Cherkov oldida Rim Papasi Ioann XXIII haykali bor. U bu yerda 1932-yilda ilk xutbasini o‘tkazgan, keyinroq 10 yil davomida Rim Papasining rasmiy vakili sifatida xizmat qilgan. Bugungi kunda cherkov Turkiyadagi eng yirik katolik dargohlaridan sanaladi, xutbalar turk, italyan, polyak va ingliz tilida olib boriladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Koronavirus pandemiyasi davrida xavfsizlik qoidalari.

    Koronavirus pandemiyasi davrida xavfsizlik qoidalari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bino ichida tashrif buyuruvchilar uchun klassik katolik jihozlari, o‘rindiqlar, vitraj oynalar, mozaika devorlari va shiftdagi freskalarni ko‘rish mumkin.

    24.12.2020, 21:59   Izoh (0)   18810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rumiy va Tabriziy uchrashgan joy, masjid hamda dunyoda oshpazlarga atab qurilgan ilk maqbara (foto)

    22.12.2020, 23:26

    Foto: Turkiyadagi Alouddin tepaligi va uning atrofidagi bir necha asrlik qadamjolar

    22.12.2020, 19:55

    Yozuvchi Aleksandr Kurlyandskiy vafot etdi. U “Senimi, shoshmay tur!” multfilmining yaratuvchilaridan biri hisoblanadi

    21.12.2020, 20:13

    Uy poli ostidagi qabrlar, tomdan kiriladigan xonalar: Qadimiy odamlar makoni Chatalho‘yuk majmuasiga sayohat

    20.12.2020, 10:36

    “Endi artistmasman, litsenziyamni hech kim ololmaydi”. Jahongir Otajonov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga murojaat qildi (video)

    19.12.2020, 13:35

    Rumiyning 22-avlodi Esen Chelebi: “Hozircha O‘zbekistonga borish nasib etmadi, ammo bu orzumni amalga oshirish istagidaman”

    18.12.2020, 23:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.