Ajoyib tarixga ega quyoshli shahar — Istanbulga bo‘lgan sayohatingiz marshrutini rejalashtirish va ta’tilingizning davomiyligiga qarab hamma narsaga qanday ulgurish mumkinligi bo‘yicha “Wday.ru” foydali maslahatlar beradi.

Faqat dam olish kunlari uchun: tarixiy markaz

Istanbulga dam olish kunlari tarixiy joylarga tashrif buyurish lozim: barcha diqqatga sazovor joylar bir-biriga yaqin masofada joylashgan, yo‘lga vaqt sarflamaysiz.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Agar siz shaharni bir qarashda sevib qolishni istasangiz, avval turk oshxonasidan boshlang. Istanbulda tushlikni o‘tkazib yuborishingiz mumkin, ammo nonushtani hech qachon. Ayvonli kafe yoki restoranni tanlang (masalan, Seven Hills yoki Queb Lounge) va turkcha nonushta buyurtma qiling. Ovqatlarning xilma-xilligi va yoqimli mazasidan hayratda qolasiz.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Taomlanib, chag‘alaylarni tomosha qilib, Bosfor havosidan bahra olgandan so‘ng nafaqat tarixiy markaz, balki butun shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi – Ayo Sofiya masjidiga boring. Bu “dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” deb nomlanadigan jahon me’morchiligining eng muhim yodgorliklaridan biri.

Foto: Getty Images

Yana bir muhim me’moriy yodgorlik – Sulton Ahmed masjidi yoki Moviy masjid. Istanbuldagi barcha masjidlarda bo‘lgani kabi Sulton Ahmedga kirish ham mutlaqo bepul. Ichkariga kirish va naqshlardan bahramand bo‘lish uchun ish vaqti bilan tanishib chiqing va tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering: ayollar boshiga ro‘mol tashlaydi, yopiq poyabzal kiying va kiraverishda oyoq kiyimingizni yechib oling.

10-12 metr chuqurlikda joylashgan, bugungi kungacha saqlanib qolgan qadimiy yer osti suv ombori — Bazilika sardobasiga borishni unutmang. Ushbu salqin xonada siz nafaqat qaynoq quyoshdan qochibgina qolmay, balki o‘zingizni noyob energiya bilan sirli joyning bir qismi kabi his qilishingiz mumkin.

Foto: Getty Images

Sayyohlarning diqqatga sazovor joylaridan yana biri – Katta saroy mozaikalari muzeyi. Siz nafaqat estetik zavq olasiz, balki noyob madaniyat namunalaridan hayratda qolasiz. Mozaikalar minglab detallardan iborat bo‘lib, ular nihoyatda realistik tarzda yaratilgan, shuning uchun ham yuz yildan oshiq vaqt o‘tsa-da, rassomlarning mahorati hayratga solmay qolmaydi.

Shuningdek, To‘pqopi saroyiga tashrif buyurish uchun 2-3 soat ajrating. XV asrda qad rostlagan saroy majmuasi azaldan Usmonli hukmdorlarining qarorgohi bo‘lib kelgan va hozirda u dunyodagi eng yirik muzey majmualaridan biri hisoblanadi. Hudud to‘rtta hovlidan iborat bo‘lib, ularning har biri diqqatga sazovor joylarga boy.

Foto: Getty Images

Turk oshxonasining ramziy taomlarini tatib ko‘ring: lo‘la kabob (qovurilgan go‘sht), kyofte (turk kotletlari), simit (kunjutli non), do‘ndurma (muzqaymoq), lukum (turk shirinligi) va albatta, baklava (pahlava) — bularning barchasidan olib, sayrga chiqish mumkin.

Aytgancha, qirg‘oqda turk fastfudlari bilan savdo qiladigan rastalarni yoddan chiqarmang. Ular juda jozibali ko‘rinmasligi mumkin, ammo mahalliy aholi ko‘pincha shu yerda ovqatlanadi. Balik ekmek — turkcha skrumbiya sendvichini tatib ko‘rganingizdan afsuslanmaysiz.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Va albatta shaharning yangi, yevropacha qismida ovqatlanishingiz mumkin. Masalan, zamonaviy joylardan birida yoki Zorlu savdo-ko‘ngilochar markazida. Qadimiy ko‘chalar va zamonaviy tumanlar kontrasti har bir sayyohga xush yoqadi.

Latte yoki kappuchino emas, balki issiq qum ustida pishirilgan turkcha qora qahva ichib ko‘rmasangiz, ko‘p narsani yo‘qotasiz. Ichimlik juda xushta’m bo‘lib, ta’mi uzoq vaqtgacha og‘zingizda qoladi.

Foto: Getty Images

Choy ham Turkiyada juda mashhur: mahalliy aholi uchun choy ichish siz ham qo‘shilishingiz mumkin bo‘lgan butun bir madaniyatdir. Xushbo‘y turk choyi avval tatib ko‘rganlaringizga o‘xshamaydi.

Uzoq dam olish kunlari uchun: gavjum mahallalar

Agar sizning Istanbuldagi sayohatingiz bir necha kun bilan cheklanmasa, tarixiy markazga tashrifingizga joylar ham qo‘shilishi kerak. Hayot bir daqiqa ham to‘xtamaydigan biznes, dam olish va madaniyat markazi — Beyog‘lu tumaniga 1-2 kun ajrating.

Istiqlol ko‘chasi bo‘ylab yurishdan boshlang. Uning nomi “Mustaqillik” deb tarjima qilinadi va chindan ham: zamonaviy restoranlarning yonida arzon restoran, barcha mazhabdagi ibodatxonalar tungi klublar va barlar bilan bir vaqtda joylashgan va sharq me'morchiligi binolari g‘arbiy madaniyat binolari bilan tutashib ketgan. Ammo, afsuski, epidemiologik vaziyat tufayli hozir hamma joylarga tashrif buyurish imkoniyati mavjud emas.

Ko‘cha piyodalar harakatlanishi uchun, ammo bitta istisno mavjud: bu yerda eski qizil tramvay 1871-yildan beri ishlaydi – bu esdalik sovg‘alarida tasvirlangan shaharning tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Tramvay, shuningdek, Istanbulning markazida joylashgan Taqsim maydonida to‘xtaydi.

Foto: Getty Images

Tramvay sizni Galata minorasiga olib boradi, uni Istanbulning deyarli barcha nuqtalaridan ko‘rish mumkin. Uning o‘lchamlari hayratlanarli: 60 metrdan (dengiz sathidan 140 metr) balandlikdan shaharning ajoyib ko‘rinishi namoyon bo‘ladi. Binobarin, minora nafaqat tarixiy yodgorlik, balki bir qarashda Bosfor kaftdek ko‘rinadigan ajoyib kuzatuv maydonchasidir.

Dam olishni rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmaslik va Istanbulda dam olish kunlari yanada qiziqroq bo‘lishi uchun siz turoperatorlar xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Mehmonxonalarni bron qilishda metro yoki tramvay bekatining yaqinidagi variantlarni tanlagan ma’qul.

To‘liq hafta uchun: haqiqiy ko‘chalar va qayiq safari

Tarixiy joylarni o‘rganib chiqdingiz, qizil tramvayda sayr qildingiz va hatto do‘konlarga bordingiz va hali ham vaqtingiz bormi? Unday holda sayyohlar orasida mashhur bo‘lib borayotgan Istanbulning go‘zal tumani — Balatga tashrif buyurishingiz kerak.

Foto: Getty Images

Bu yerda mashhur muzeylar, zamonaviy saroylar va qadimiy masjidlar yo‘q, ammo mamlakat uchun odatiy bo‘lmagan me’morchilikka to‘la yorqin kvartallar mavjud. Shaharning ushbu ko‘chalari ta’riflab bo‘lmaydigan muhit yaratadi — bunday Turkiyani siz hali ko‘rmagansiz.

Bosfor go‘zalligi — Qora va Marmara dengizlarini bog‘laydigan bo‘g‘ozni ko‘rmasdan turib, Istanbulga tashrifni to‘liq deb atab bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, kema fonida shaharni suratga olish uchun ideal joy. Aytgancha, delfinlarni ko‘pincha Bosforda ko‘rish mumkin.

Foto: Getty Images

Shu bilan bir qatorda, XII asrda bo‘g‘ozning tepalikli qirg‘og‘ida qurilgan Yoros qal’asiga tashrif buyurishingiz mumkin. Yoki Istanbuldan taxminan ikki soat uzoqlikda joylashgan Shahzodalar orollariga paromda boring. Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan bo‘g‘oz manzarasi hamda bir piyola choy sayohatingiz uchun eng yaxshi yakun bo‘ladi.