Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarida 2-avgust kuni ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘z ishtirokini o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Yengil atletika

Bosqon uloqtirish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Suhrob Xo‘jayev saralash bahslarida ishtirok etdi. A guruhida ishtirok etgan sportchi 71,26 metr natija qayd etib, so‘nggi (15) o‘rinda qolib ketdi. Qayd etish kerak, Xo‘jayev bu borada Olimpiya o‘yinlaridagi shaxsiy natijasini yaxshilab oldi. Suhrob avval London—2012 va Rio—2016 Olimpiadalarida ham qatnashib, 65,88 va 70,11 metr natija ko‘rsatgan edi.

Yunon-rum kurashi

Jalg‘asbay Berdimuratov (-77 kg) armanistonlik Karapet Chalyanga qarshi bahs olib bordi. Unda Armaniston vakili 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Keyinchalik Chalyan finalga qadar yetib bora olmadi va Berdimuratov bronza medali uchun kurashda ishtirok etish imkoniyatidan quruq qoldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shu tariqa ushbu sport turi bo‘yicha Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik kurashchidan uch nafari o‘z ishtirokini yakunladi. 3-avgust kuni Rustam Assakalov o‘z ishtirokini o‘tkazadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi