Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hududining katta qismida 2-avgust kuni quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat eng chekka sharqiy hududlarda bulutli ob-havo kuzatiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Buning hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli mahalliy yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi harorat 36-39 darajagacha ko‘tariladi, bu avgust oyi boshidagi me’yordan 3-4 darajaga yuqoridir.

3-avgust va ish haftasining oxirigacha tekislik hududlarda havoning o‘rtacha issiq bo‘lishi davom etadi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, ammo sinoptiklarning qayd etishicha, ushbu kunlardagi anomal harorat iyul oyining eng issiq davridagidek ahamiyatli emas. Kechalari asta-sekin uzayadi, kunlar esa qisqarishni boshlaydi.

Ushbu haftaning katta qismi davomida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Respublika bo‘yicha 2—4-avgustda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

2—5-avgustda Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi saqlanib turadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi