Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor olimlar tadqiqotiga asoslanib, koronavirus bilan kurash kamida 10 yil davom etishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish masalasida Rossiya rahbariyati bilan muzokaralar olib borilmoqda, shuningdek, mamlakat o‘zbek-xitoy vaksinasini ham ishlab chiqarmoqchi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etgan.

“Bugun ertalab olimlar tadqiqotini o‘qidim: bu kasallikka qarshi hali yana kamida 10 yil kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Shu sababli ham ‘Sputnik V’ va o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarishni muhokama qilyapmiz. O‘zimizning vaksinani ham JSSTga taqdim etdik. Buning uchun katta pullar ajratilyapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kuni kecha Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi O‘zbekistonning Jurabek Laboratories korxonasi bilan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini ishlab chiqarish uchun Xitoydan xomashyo yetkazib berish muddatlari va hajmi borasida kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.

May oyida esa Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma’lum qilingan edi. O‘zbekiston tomoni bunday taklif bilan 2020-yilning dekabridayoq chiqqan va ishlab chiqarish maydonchasi sifatida Tashkent Pharma Park hududini taklif qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi