• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryolik bloger konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda gumon qilinmoqda. Hokimlik bu ishga o‘zining aloqasi yo‘qligini bildirdi

    Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida “Elmurod bloger” taxallusi ostida faoliyat yurituvchi bloger Elmurod Odilovdan tuman IIB tushuntirish xati oldi. Blogerning ta’kidlashicha, bunga tuman hokimi Lutfiddin Abdullayev va uning o‘rinbosarlari tomonidan qilingan shikoyat sabab bo‘lgan.

    Bloger Elmurod Odilov.

    Bloger Elmurod Odilov.
    Foto: Telegram

    Ma’lum bo‘lishicha, tuman IIB tergovchisi Dilshod Poyonov bloger bilan bog‘lanib, uning ustidan tuman hokimligi shikoyat qilgani, hokimlik vakillari blogerni tuman hokimi Lutfiddin Abdullayevni obro‘sizlantirishda ayblayotganini ma’lum qilgan.

    “Xatda Elmurod bloger har xil yolg‘on ma’lumotlar tarqatib, tuman hokimini obro‘sizlantirgan deyapti. Konstitutsiyaviy tuzumga, davlat hokimiyatiga qarshi salbiy holatlarni tarqatishi tuman hokimligini obro‘sizlantirmoqda deyapti. Tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari ko‘rsatma bergan, Elmurod blogerga bunday ma’lumotlar bermaganmiz deyapti. Shuning uchun bir kelib ketishingiz kerak. Sizda bunday materiallarni yozishga asos bormi? Holat bo‘yicha tushuntirish xati olamiz. Siz bilan suhbatlashmasak bo‘lmaydi”, — degan tuman IIB vakili telefon suhbati vaqtida.

    Elmurod Odilovning ta’kidlashicha, u chaqirilgan kuniyoq IIBga borgan va tushuntirish xati yozib bergan. “Tergovchi ‘delo’ni olib qo‘ydi. Ammo tuman hokimining arizasini ko‘rdim. Menga qarshi 10 ga yaqin ayblov qo‘yilmoqda, ular orasida konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish kabi jiddiy ayblovlar ham bor. Tergovchi ikki oy davomida meni chaqirib, tergov qilishini aytdi”, — deydi Elmurod bloger “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

    Ayni vaqtda Yakkabog‘ tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Sherzod Hasanov bloger Elmurod Odilov ustidan IIBga berilgan shikoyatlar orasida tuman hokimi Lutfiddin Abdullayevning arizasi yo‘qligini ma’lum qilib, bu haqidagi barcha gap-so‘zlarni “asossiz mish-mishlar” deb atadi.

    Foto: “Daryo”

    “Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Elmurod Odilovga qarshi tergov olib borish uchun Yakkabog‘ hokimi tomonidan ichki ishlar idoralariga xat chiqarilgan degan asossiz, mish-mish gaplar tarqaldi. Hokim Lutfiddin Abdullayev tomonidan blogerga qarshi hech qanday xat chiqarilmaganini ma’lum qilamiz. Shuningdek, blogerlardan Elmurod Odilovga qarshi xat kim tomonidan chiqarilganiga aniqlik kiritib, xulosa qilishlarini so‘rardik”, — degan u.

    Sherzod Hasanov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Yakkabog‘ hokimi blogerning ustidan hech qanday shikoyat qilmasligini, buning uchun hech qanday asos ham yo‘qligini ta’kidlab, hokim Abdullayev nafaqat blogerlar, balki barcha OAV xodimlari bilan hamkorlikka tayyorligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

    Mavzuga doir: Video: Yakkabog‘ hokimi 311 mln so‘mga Captiva xarid qilmoqchiligini ma’lum qildi. Tuman deputati esa shu pulni muhtojlarga sarflashni taklif qildi

    12.07.2021, 07:07   Izoh (0)   36317
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangiyo‘lda 9 ming dollar evaziga fermer xo‘jaligining 6 sotix yerini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    11.07.2021, 23:45

    O‘zbekistonga iyun oyida xorijdan qancha pul jo‘natilgani ma’lum qilindi

    11.07.2021, 23:22

    O‘zbekistondagi suzish havzalari soni ma’lum qilindi

    11.07.2021, 22:58

    O‘zbekistonda fuqarolar iyun oyida banklardan qancha dollar sotib olgani ma’lum qilindi

    11.07.2021, 22:18

    Toshkentda konteyner ortilgan yuk mashinasi borib urilgan ko‘prik ostidagi yo‘l to‘sib qo‘yildi

    11.07.2021, 21:37

    Namanganda IIB xodimlari ota-bolani hech qanday sababsiz olib ketayotgani aytilgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    11.07.2021, 21:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.