So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Viktor Babariko 2020-yilgi Belarus prezidenti saylovida Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi hisoblangan. Endi u 14 yillik koloniyaga hukm qilindi

    07.07.2021, 18:26 12906

    Belarus Oliy sudi Viktor Babarikoni 14 yilga ozodlikdan mahrum qildi, jazo qattiq tartibdagi koloniyada o‘taladi. Viktor Babariko 2020-yilda Belarus prezidentligi uchun nomzodini qo‘ygan.

    Viktor Babarikoga 6-iyul kuni sud hukmi o‘qildi

    Viktor Babarikoga 6-iyul kuni sud hukmi o‘qildi
    Foto: AP Photo

    Eng yirik Belarus banklaridan birining sobiq rahbari Babariko iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, saylovlarda ishtirok etish huquqidan mahrum qilindi. Prokuratura Babariko uchun 15 yillik qamoq jazosini so‘ragan, sud bu muddatni bir yilga qisqartirdi. Bundan tashqari, sud Babarikoga besh ming bazaviy birlik (57 ming dollardan ortiq) miqdorida jarima soldi va zararni qoplash uchun undan 46 million Belarus rubli (18 million dollardan ortiq) undirishni buyurdi.

    Babariko Belarusning eng taniqli bankirlaridan biri edi. 20 yil davomida u “Gazprom” va “Gazprombank”ga tegishli bo‘lgan “Belgazprombank”ni boshqarib kelgan. Uning rahbarligida bank yillik foydasini 100 ming dollardan 46 million dollargacha oshirdi va Belarusning tizim uchun ahamiyatli bo‘lgan birinchi darajadagi yettita eng yaxshi banklari qatoriga kirdi. Babariko jurnalistlar bilan muloqot qilishdan qochmadi va madaniy loyihalarni qo‘llab-quvvatladi. “Belgazprombank” “Teatr” nomli teatr forumining hamkoriga aylandi, Minskning Oktabrskaya ko‘chasida Ok16 madaniyat markazini ochdi va Belarusda tug‘ilgan rassomlarning korporativ to‘plamlarini yaratdi. Unda Mark Shagal, Xaym Sautin, Lev Bakstning asarlari ham bor edi. To‘plam kamida 20 million dollarga baholandi.

    2020-yilda Babariko prezidentlikka nomzodini qo‘yishga qaror qildi. 2020-yil 12-mayda Babariko “Belgazprombank” rahbari lavozimidan ketganini va prezident saylovlarida ishtirok etishga qaror qilganini e’lon qildi. U saylovlarda Aleksandr Lukashenko bilan raqobatlashishga bel bog‘lagan Belarus elitasining taniqli ikki vakilidan biriga aylandi; ikkinchisi — Yuqori texnologiyalar parki (Belarus Silikon vodiysi)ning sobiq rahbari Valeriy Sepkalo.

    Babariko Lukashenkoning asosiy raqibi hisoblangan. 2020-yil 18-mayda sobiq bankir o‘zining imzo yig‘ish bo‘yicha tashabbuskor guruhiga 10 ming kishi kirganini e’lon qildi. Imzo yig‘ish 21-mayda boshlandi va 1-iyunda Babariko o‘z nomzodini rasman ko‘rsatish uchun zarur 100 ming kishining imzosi yig‘ilganini xabar qildi. Uning jamoasi ma’lumotlariga ko‘ra, imzo yig‘ishning oxirgi kuni —19-iyunga qadar Babarikoning 435 ming tarafdori uning nomzodiga imzo chekkan.

    Imzo yig‘ish hali tugamasdan, Babariko va uning o‘g‘li hibsga olindi. 2020-yil 11-iyun kuni Belarus Davlat nazorat qo‘mitasi “Belgazprombank”ga tintuv uchun keldi. Bankning sobiq va amaldagi 15 xodimi hibsga olindi, Belarus Milliy banki “Belgazprombank”da vaqtinchalik boshqaruv joriy etdi. Ish doirasida “Belgazprombank” korporativ kolleksiyasiga tegishli 150 ta surat galereyadan musodara qilindi (ular bir yildan keyingina qaytarib berildi). 18-iyun kuni Babarikoning o‘zi va imzo to‘plash bo‘yicha tashabbus guruhiga rahbarlik qilgan uning o‘g‘li Eduard ham hibsga olindi. Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (DXQ) rahbari Ivan Tertel Babarikoni qo‘g‘irchoq qilib o‘ynatayotganlar haqida gapirdi. “Bilishimizcha, bunday odamlar “Gazprom”ning katta xo‘jayinlari, ehtimol undan ham yuqoridagilar”, — dedi Tertel.

    Belarus Markaziy saylov komissiyasi Babarikoni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etdi. Saylov qo‘mitasi unga taqdim etilgan qariyb 166 ming imzoni haqiqiy deb topdi. Ammo shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasining rahbari Lidiya Yermoshina, sobiq bankir “pul yuvish” bilan shug‘ullangani va jinoiy daromadlarni chet elga olib chiqqani haqidagi Davlat nazorat qo‘mitasining xatiga tayanib, Babarikoni ro‘yxatdan o‘tkazmaslikni taklif qildi. Garchi o‘sha paytda sud Babarikoni aybdor deb topmagan bo‘lsa-da, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari bir ovozdan Yermoshinaning taklifini qo‘llab-quvvatladi.

    Babariko ishi bo‘yicha 2021-yil fevralda sud jarayoni biryo‘la Oliy sudda boshlandi. Sobiq bankirning advokatlari Jinoyat-protsessual kodeksi uning ishini Minskning tuman yoki shahar sudida ko‘rib chiqishga imkon berishini aytdi. Ishning quyi instansiyalarni chetlab o‘tib, darhol Oliy sudda ko‘rib chiqilishi Babarikoning sud hukmi ustidan shikoyat qilish huquqini cheklaydi, deya tushuntirdi advokatlar. Ular o‘z mijozining ishlarini quyi sudga yuborishni so‘radi, ammo Oliy sud buni rad etdi.

    Sobiq bankir va uning hamkasblari pora olish va “pul yuvish”da ayblandi. Prokuratura “Belgazprombank” bilan qo‘shma loyihada ishtirok etgan kompaniyalarning go‘yo Babarikoga aloqador bo‘lgan Latviya va Estoniya firmalariga to‘lagan dividendlarini pora sifatida ko‘rib chiqdi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sxemada bankning top-menejerlari ham qatnashgan; 2007-yildan 2020-yilgacha sxema menejerlar va Babarikoga 32 million Belarus rubli (12,5 million dollar), xususan Babarikoning o‘ziga 30,5 million rubl (12 million dollar) olib kelgan. Ok16 madaniyat markazi etib jihozlangan sobiq firma binosini sotib olish orqali u olingan pullarni go‘yoki  qonuniylashtirgan.

    Mazkur ish bo‘yicha ayblanayotganlar orasidan faqat Babaroko aybdorligini tan olmadi. U ayblovni siyosiy motivga ega deb ta’rifladi. Shuningdek, u hibsga olish paytida unga mutlaqo boshqa da’volar taqdim etilganini, sudda ko‘rib chiqilayotgan ayblovlar DXQ tergov izolyatorida bo‘lganida o‘zlarini va uni ayblagan sobiq hamkasblari bergan ko‘rsatmalarning natijasi ekanini aytdi. Babariko, shuningdek, “Belgazprombank”ni boshqargan paytda Milliy bankning birorta tekshiruvida muassasada jiddiy qonunbuzarliklar aniqlanmaganini ta’kidladi. So‘zining yakunida Babariko “o‘z hayotidan uyalmasligini” aytdi.

    “Belgazprombank”ning besh nafar sobiq top-menejeriga besh yillik “uy kimyosi” dan (Belarusda erkinlikni cheklash “kimyo” deb ataladi) tortib olti yarim yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilandi. Ularning barchasi, Babarikodan farqli o‘laroq, o‘z ayblarini tan oldi.Ularning qarindoshlari Lukashenkodan afv etishni so‘ragan. Babarikoning sobiq hamkasblaridan tashqari, uning tashabbuskor guruhiga a’zo bir qator kishilar koloniyada yoki “kimyo”da jazo o‘taydigan bo‘ldi. Sobiq bankirning o‘g‘li Eduard Babariko alohida sud qilinadi. U soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda, ayblovlarning tafsilotlari hali noma’lum.

    Beloruslarning 90 foizdan ko‘prog‘i Viktor Babarikoga qo‘yilgan ayblovlar adolatli ekaniga ishonmaydi. Chatham House xalqaro munosabatlar sohasidagi Britaniya tadqiqot markazining onlayn-so‘rov natijalari shundan dalolat beradi. So‘rovnoma 2021-yil aprel oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda 937 nafar Belarus fuqarosi ishtirok etgan. Belarus muxolifatining yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Babariko tayinlagan muddatni “tentaklik” deb atadi.

    “14 yil — bu g‘oyaga ishonganlik uchun: bir kun kelib nabiralarimizga haqiqatan shunday ishlar bo‘lganini tushuntirishimiz qiyin bo‘ladi”, — deb yozgan u o‘zining Telegram kanalida.

    Babarikoning himoyasi sud hukmi ustidan shikoyat qilmoqchi, shuningdek BMTning Inson huquqlari qo‘mitasiga murojaat qilmoqchi.

    Mavzuga doir: Minskda Nexta muxolifatchi Telegram-kanali sobiq muharriri Roman Protasevich qo‘lga olindi. U uchayotgan samolyot bomba haqidagi xabar tufayli Belarusga favqulodda qo‘ndirildi. Qo‘nish haqidagi qarorni Lukashenkoning shaxsan o‘zi “Yevropani himoya qilish” uchun qabul qilgan

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. Madrid derbisida “Atletiko” “Real” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

    Bugun, 02:08

    A Seriya. “Kalyari” safarda “Atalanta”ga imkoniyatni boy berdi, “Inter”da minimal g‘alaba, “Roma” esa Turin klubi bilan durang o‘ynadi (video)

    Bugun, 01:58

    Liga 1. “PSJ” o‘z maydonida “Marsel”ni tor-mor etdi

    Bugun, 01:44

    “Atletiko” muxlislari derbi oldidan “Real” muxlisi bo‘lgan qora tanli ayolga hujum uyushtirib, uni haqorat qildi

    Bugun, 01:10

    Putinning 90-yillardagi ta’tilidan arxiv kadr namoyish qilindi (video)

    Kecha, 23:55

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    Kecha, 23:35

    “Rossiya-Belarus rejasi o‘xshamadi”: Polsha Belarusni chegarani buzib o‘tishga urinishda aybladi (video)

    Kecha, 23:25

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    Kecha, 22:43

    APL. “Arsenal” London derbisida “Tottenhem” bilan durang o‘ynadi, “Liverpul” ishonchli g‘alabaga erishdi, “Chelsi” o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Kecha, 22:30

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    Kecha, 22:25

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023

    Central Asian University (sobiq Akfa) universitetida mojaro yuz berdi

    09:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    “Bolalar haqqiga qilinayotgan xiyonat”. Samarqanddagi bog‘chada bolalar ovqatidan go‘sht kam chiqqani aks etgan video bo‘yicha munosabat bildirildi

    11:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?