• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    DXX Bo‘stonliqda ot sportiga ajratilgan 25,4 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi

    DXX Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlarining oldini oldi. Bu haqda “Daryo”ga DXX matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Ma’lum qilinishicha, 2018-yil Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimining qaroriga muvofiq ot sportiga ixtisoslashgan MChJga mehmonxona, kottejlar, otxona, veterinariya bloki, manej, ochiq va yopiq turdagi plats qurish uchun 25,4 gektar yer maydoni ajratilgan. Lekin mazkur jamiyat ta’sischisi amalda hech qanday ish bajarmasdan, o‘zining makler tanishi bilan kelishgan holda ushbu yer maydonini boshqa bir fuqaroga 1,5 million dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

    DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan puldan avans sifatida 700 ming dollar olgan vaqida ushlangan.

    Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarida istiqomat qiluvchi 3 nafar shaxs o‘zganing nomida bo‘lgan MChJga 2019-yil Zangiota tumani hokimi qarori bilan yuqori texnologik issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonining 1,5 gektarini boshqa bir fuqaroga rasmiylashtirib, egalik huquqini olib berish evaziga undan 150 ming dollar talab qilgan. Ular oldindan 60 ming dollar olgan vaqtida DXX va Departamentning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlangan.

    Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs 2018-yil dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga mazkur tuman hokimining qarori asosida ajratilgan 35 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaroga 80 sotix deya aldab, unga hokimiyat va kadastr idoralarida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali egalik huquqini olib berishini va’da qiladi va evaziga 160 ming dollar so‘ragan. U so‘ralgan puldan 30 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtida ushlangan.

    DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda maklerlik bilan shug‘ullanuvchi ikki nafar shaxsning noqonuniy harakatlariga ham chek qo‘yilgan.

    Xususan, ushbu fuqarolar mahalliy tadbirkorga Bo‘stonliq tumani “G‘azalkent” QFY hududidan o‘tuvchi Chirchiq daryosi bo‘yidan tumandagi MChJlardan biriga qayiqlar to‘xtash joyi va tashrif buyuruvchilarga dam olish joyi yaratish uchun ajratilgan 1 gektar yer sotilayotganini aytib, 260 ming dollar evaziga mansabdor tanishlari orqali ushbu yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishini bildirgan. Ular so‘ralgan puldan 20 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bir vaqtning o‘zida Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan klaster bosh agronomi hamda paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligining ish boshqaruvchisi vazifalarida faoliyat yurituvchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, unga issiqxona va dala do‘koni qurishi uchun mazkur fermer xo‘jaligi yer maydonidan 2,1 gektarni mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 55 ming dollar talab qilgan.

    DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda Departamentning hududiy boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida u 45 ming dollar va 106 million so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Farg‘ona viloyati Quva tumani hokimligining ikki nafar sobiq xodimi andijonlik ikki fuqaroga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hududida joylashgan erkin iqtisodiy zonadan 6 gektar yer ajratib berish evaziga ulardan 28 ming dollar talab qilgan. DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu fuqarolar 23 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan. Shuningdek, ular so‘ralgan puldan 5 ming dollarini muqaddam olgani ham ma’lum bo‘lgan.

    Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida esa ushbu shaxslar o‘zlarining noqonuniy ishlariga Quva tumani hokimligining investitsiya va tashqi savdo bo‘limi xodimini hamda 1977-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroni ham jalb etgani aniqlangan.

    Qayd etilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bundan avval O‘zbekistonda endi noqonuniy qurilish va yerni o‘zboshimchalik bilan egallash to‘g‘risida Telegram-bot orqali xabar berish mumkinligi, Bo‘stonliqdagi “Bochka” dam olish maskani hududidan fuqaroga 450 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani, Jizzax va Buxoroda yerlarni noqonuniy ravishda sotish holatlari aniqlangani haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: DXX O‘zbekistonga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini musodara qildi

    04.07.2021, 14:29   Izoh (0)   17375
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda Zarafshon milliy tabiat bog‘ining 1,5 gektar maydoni yonib ketdi

    04.07.2021, 14:08

    O‘zbekistonda 6—8-iyul kunlari 48 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin

    04.07.2021, 13:33

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 4 mln dozadan oshdi

    04.07.2021, 12:27

    Koronavirus: Sirdaryoda ketma-ket oltinchi kun antirekord, butun O‘zbekiston bo‘yicha 467 kishida kasallik aniqlandi

    04.07.2021, 12:06

    O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi vaksina olgan talabalarga kontrakt to‘lashda chegirma beriladi

    04.07.2021, 11:05

    “Bir portalchi fuqarocha obro‘miz yo‘q”. Qashqadaryolik deputat tashkilot rahbarlarining deputatlar so‘roviga javob berishi qoniqarsiz ekanini aytdi

    04.07.2021, 10:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.