So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Madaniyat

    “Erkinlik — insonlarga o‘zlari eshitishni istamaydigan narsalarni aytib berish huquqidir”. O‘limidan keyin ham taqiqda bo‘lgan Jorj Oruell haqida

    25.06.2021, 22:42 28299

    1903-yil 25-iyun — dunyoga ma’lum va mashhur yozuvchi, publitsist Jorj Oruell tavallud topgan kun. Adib tavalludining 118 yilligi munosabati bilan “Jorj Oruell kim?” degan savolga javob izlagan o‘zbekistonlik taniqli yozuvchi Nazar Eshonqulning maqolasi quyida qaytadan chop etilmoqda. Shuningdek, yozuvchiga oid tesha tegmagan fikrlar “Daryo” tarjimasida taqdim etiladi.

    (Ushbu maqola avval adib Xurshid Davron kutubxonasida chop etilgan)

    Jorj Oruell

    Sho‘ro mafkurachilari 80-yillar o‘rtalarigacha nomini eshitsa cho‘chib tushishadigan, hatto o‘limidan qariyb 40 yildan oshiq vaqt o‘tgach ham asarlari chop etilishiga ruxsat berilmagan Jorj Oruell o‘zi kim?

    Jorj Oruell ingliz yozuvchisi, publitsisti, jamoat arbobi. Mashhur asarlari: “Molxona” qissasi, “1984” romani, esse va adabiy maqolalar. O‘z asarida kommunistik dunyoqarash va kommunistik tuzumni masxara qilgani uchun barcha kommunistik davlatlarda asarlari taqiqlangan.

    Taqiqlangan! G‘alati qiyos. Butun boshli davlat, uning ulkan ideologiya mashinasi bitta yozuvchidan qo‘rqadi. Yolg‘on shu darajada mo‘rtki, bir og‘iz haqiqatga qulab tushadi. Vaholanki, bu yolg‘on yillar davomida zeb berib, qad ko‘targan bo‘ladi. Sho‘ro tuzumi yarim asr Oruelldan qo‘rqib yashadi.

    Dunyoga Jorj Oruell taxallusi bilan tanilgan angliyalik jurnalist Erik Artur Bleyr toki 1936-yilgacha jo‘shqin sotsialist, o‘z tili bilan aytganda, demokratik sotsialist edi. Hatto shu e’tiqodi uchun mustamlaka Birmadagi kelajagi porloq amaldorlik mansabidan ham voz kechdi va butun dunyoga demokratik sotsializmni yoyish haqidagi g‘oyalar bilan yashadi.

    U bu paytda sotsializmning eng yaqin do‘sti, tarafdori va kurashchisi edi. Xo‘sh, 1936-yil Ispaniyaga sotsialistlar tarafdori bo‘lib borgan Bleyrning dunyoqarashida qanday o‘zgarish yuz berdi? U Ispaniyada nimani ko‘rdi? Nimaga duch keldi? Nega u Ispaniyadan so‘ng sotsializmning yorqin dushmaniga aylandi? Umrining oxirigacha bu tuzum boshida turganlarni ham, tuzumni ham nega masxara qilib o‘tdi?

    “Molxona” haqida

    Molxona yoki hayvonlar saltanatini ochlik, kasallik, o‘lim qamrab oladi. Biroq eng fojialisi qo‘rquv dahshati edi. Napoleon va uning jazo otryadi bu saltanat fuqarolarini ruhan sindirdi, ma’nan yo‘q qildi, rasman ozod, ma’nan qullik boshlandi. O‘zboshimchalik, diktatura hayotni izdan chiqardi. Napoleon qo‘rquv va o‘lim ramziga aylandi. Hayvonlar erta-yu kech ishlar, lekin biri ikki bo‘lmasdi, qashshoqlikdan boshlari chiqmasdi. Ertangi kunga umid so‘ndi. Maxsus koloniyalarda Napoleon tarbiyasini olgan hayvonlarning bolalari o‘z ota-onalarini o‘ldirishdan tap tortmaydigan jallodlarga aylandilar.

    Albatta, tomoshabin bu obraz va ramzlarda hikoya qilgan voqea va Oruellning shu asari asosida suratga olingan filmidan olingan tasvirlarda kim yoki qaysi tuzum timsollashganini sezgan bo‘lishsa kerak. Shu sababli sho‘ro mafkurachilari bu yozuvchi asarlarini taqiqladilar. Oruell asarlari 80-yillar oxirlaridagina tarjima qilina boshlandi. Oruell asarlari Sho‘ro tuzumini fosh qilishda o‘sib kelayotgan ozodlikni anglash jarayoniga xizmat qildi.

    Oruellning ushbu asari faqat Gitler va Stalin yaratgan tuzum va uning fojiasi haqida deb bo‘lmaydi, bu asar umuman totalitarizm va qullik psixologiyasi haqida. 1945-yili mazkur asar e’lon qilinishi bilan adabiyotshunos Artur Kestler “Yangi Svift” paydo bo‘ldi, deb yozgandi. Aynan shu Kestler 1950-yili Oruell qabri ustida shunday degan: “Kelajakdagi adabiyotshunoslar Oruell o‘z ijodida Svift va Kafkani birlashtirganini tan oladilar”.

    Sho‘ro mafkurachilarini cho‘chitib yuborgan “Molxona” yoki yumshoqroq tarjima qilinganda “Hayvonlar saltanati” qissasida nima bor ediki, kommunistlarni talvasaga soldi? Endi qissadagi voqeani qisqacha gapirib beraylik. Egasi aroqxo‘r bo‘lib qolgan fermadagi hayvonlar tenglik, adolat talab etib inqilob qilishadi. Inqilobning bosh ilhomchisi “Mayor” laqabli isqirt cho‘chqa (qissani mana bu sahifada o‘qishingiz mumkin).

    Mayorning shogirdlari va izdoshlari bo‘lgan cho‘chqalar boshchiligida fermada inqilob sodir etiladi. Inqilobchilar shiorlari juda ohanrabo va maftunkor. Savodsiz hayvonlar dastlabki harflarni “tenglik, birodarlik, adolat” so‘zini yozish bilan o‘rganishadi va bu ishoralar ularning hayot mazmuniga aylanadi. Omi va sodda hayvonlar haqiqatan ham tenglik kelganiga, endi hayvonlarga hech kim xo‘jayinlik qilmasligiga, olamshumul ozodlikka erishganliklariga ishonadilar. Hayvonlar o‘z davlat tizimini, bayrog‘ini, gerbi va kitoblarini yaratishadi. Bu ulug‘ ishda ularga qo‘ng‘ir cho‘chqa – Napoleon boshchilik qiladi. Napoleon tezda atrofiga maxfiy xizmat, jazolash guruhini to‘playdi.

    Hayvonlar o‘zlarini ezib kelgan odamlar ustidan dastlabki g‘alabaga erishadilar.

    Dohiy va yo‘lboshchilari Mayorning mavzoleyi, haykali ochiladi.

    O‘z atrofida jazo guruhini tashkil etib olgan Napoleon tezda o‘zini fermaning dohiysi deb tanitadi. Dohiy Napoleon o‘z xo‘jalari yashaydigan uyni qarorgoh qiladi, hayvonlari esa o‘sha eski molxonada yashashda davom etadi. Napoleon hokimiyatini mustahkamlab olgach so‘z erkinligi, fikr erkinligini taqiqlaydi va barcha hayvonlar uchun faqat o‘zi fikrlaydi, o‘zi so‘raydi, o‘zi javob beradi. Fermada to‘liq Napoleon diktaturasi o‘rnatilib, barcha hayvon unga hamd-u sano o‘qiy boshlaydi.

    Fermada hur kuni ideologik mashina – Napoleonning buyukligini ta’kidlab, tasdiqlab turuvchi kinolavhalar – o‘ziga xos matbuot ishlab turadi. Napoleon bilan kelishmagan barcha hayvonlar ta’qib va qatl qilinadi. Ferma qatli om va qo‘rquv saltanatiga aylanadi.

    Oruelldan ikki katta nasriy asar, totalitarizmni fosh etuvchi jo‘shqin publitsistika va esselar meros bo‘lib qoldi.

    “Hamma hayvonlar tengdirlar, biroq ayrim hayvonlar boshqalaridan ko‘proq tengdir”. Oruellning 118 yilligi munosabati bilan “Molxona” mutolaasi

    Jorj Oruelldan iqtiboslar

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

     “Tanlab olingan yolg‘on doimiy saqlashga topshiriladi va haqiqatga aylanadi”. Oruellning 118 yilligi munosabati bilan “1984” mutolaasi

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov

    Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Bugun, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Bugun, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Bugun, 22:25

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Bugun, 22:10

    Qirg‘izistonda ham non narxi oshdi

    Bugun, 22:00

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    Bugun, 21:43

    Dunyoda vaboga chalinish holatlari ko‘paymoqda: Kasallikdan qanday himoyalanish mumkin?

    Bugun, 20:43

    Afg‘onistonlik ayol o‘simlikdan insultga qarshi dori tayyorladi

    Bugun, 20:25

    Ukraina energetika obyektlariga qilingan hujumlarga “jiddiy javob qaytarishga” va’da berdi

    Bugun, 20:10

    Qozog‘istonda 21 yoshga to‘lmaganlarga energetik ichimlik sotish taqiqlanishi mumkin

    Bugun, 19:57

    Tavsiya etamiz

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?