Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida Niderlandiya terma jamoasi 17-iyun, payshanba kuni Avstriya bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Amsterdamda o‘tgan o‘yin niderlandlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida 11-daqiqada Memfis Depay 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 67-daqiqaga kelib esa Denzel Dumfris o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va g‘alabani mustahkamlab qo‘ydi. Shu tariqa Niderlandiya ketma-ket 2-o‘yinda g‘alaba qozonib, muddatidan avval pley-off masalasini hal etdi.

Guruhning birinchi o‘yinida Ukraina Shimoliy Makedoniyadan ustun kelgandi.

Yevro—2020

Guruh bosqichi, 2-tur

17-iyun, payshanba

Niderlandiya — Avstriya 2:0

Gollar: 1:0 – 11, penalti Depay, 2:0 – 67 Dumfris.

Niderlandiya: Stekelenburg, van Anxolt (Veyndal, 65), Blind (Ake, 64), de Vrey, Dumfris, de Yong, de Ron (Gravenberh, 74), Veynaldum, de Ligt, Vegorst (Malen, 64), Depay (de Yong, 82).

Avstriya: Bahmann, Layner, Alaba, Dragovich (Linhart, 84), Ulmer, Laymer (Grillich, 62), Shlager (Onisivo, 84), Baumgartner (Lazaro, 70), Zabitser, Hinteregger, Gregorich (Kalayjich, 62).

Ogohlantirishlar: Alaba (10), de Ron (14), Bahmann (67).