O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan Diplomatik forumda ishtirok etish uchun Antaliyaga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Diplomatik forum 18–19-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. “Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabrida Abdulaziz Komilov Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurgandi, 2021-yilning martida Abdulaziz Komilov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turkiya prezidenti 2021-yilda O‘zbekistonga kelishi ma’lum qilingan edi.