Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11-iyun, juma kuni Yaman bilan bahs yuritdi.

Foto: O‘FA / “Daryo”

Bellashuvda hisob 19-daqiqaga kelib ochildi. Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga nisbatan jarima maydonchasi ichida ishlatilgan qo‘pollik evaziga penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini Jaloliddin Masharipov golga aylantirdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.

Ikkinchi 45 daqiqalik esa o‘rtacha tempda o‘tdi va darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Faqatgina 81-daqiqaga kelib, Yaman darvozasiga yana penalti belgilangandi. Ammo Odil Ahmedov jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Saudiya Arabistoni Singapurdan 3:0 hisobida ustun keldi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Ushbu g‘alabadan keyin Vadim Abramov shogirdlarining ochkolari soni 15 taga yetdi. 1-o‘rindagi Saudiya Arabistoning hisobida esa 17 ochko bor. Agar O‘zbekiston so‘nggi turda Saudiyani mag‘lubiyatga uchratsa, 1-o‘rin bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

D guruhidagi vaziyat bilan tanishing:

Foto: “Daryo” / Maftuna Jaloliddinova

JCh—2022 saralashi

11-iyun, juma

Yaman — O‘zbekiston 0:1

Gollar: 0:1 — 19 Masharipov.

O‘zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Islomjon Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboyev (6.Abror Ismoilov, 62), 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 90), 15.Umarbek Eshmurodov (5.Rustamjon Ashurmatov, 46), 19.Sanjar Qodirqulov (18.Vagiz Galiulin, 75), 23.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (13.Oleg Zoteyev, 90).

Yaman: 22.Muhammad Xayralah, 4.Mudir Al Radayei, 5.Alaa Aldin Mahdi, 6.Jihod Ahmad, 8.Jalol al-Jalol, 10.Muhsin Muhammad Hasan, 13.Ahmed Abdulvohid, 16.Nossir al-Gaxvashi, 17.Mufid Jamol (9.Umar Al Dahi, 72), 19.Muhammad Ali Boqshan, 20.Emad Mansur Tavfiq (12.Ahmed Maher, 70).

Ogohlantirish: 13.Ahmed Abdulvohid (18), 8.Ikrom Aliboyev (45+2), 19.Muhammad Ali Boqshan (64), 14.Eldor Shomurodov (77), 10.Muhsin Muhammad Hasan (79).

Singapur — Saudiya Arabistoni 0:3

Gollar: 0:1 – 84 ad-Dovsari, 0:2 – 87 al-Muvallad, 0:3 – 90+6 ash-Shehri.