O‘zbekistonda 11-iyun, juma kuni quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Havo harorati kunduz kuni 35-37 darajani, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda 41-43 darajagacha issiqni tashkil etadi.

Foto: “Daryo”

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha, asosan, quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

12—13-iyun kunlari harorat me’yordan 1-2 darajaga yuqori bo‘ladi va 33-36 darajani, janubda va cho‘l hududlarida 37-40 darajani tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi.