Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqon bir nechta yovvoyi hayvonlarni kamera obyektiga muhrladi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Ushbu suratlarda kaklik, morxo‘r va uning uloqchalarini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, morxo‘r butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan kenja tur hisoblanadi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

U “Qizil kitob”ga kiritilgan. Ko‘hitang, Boysuntog‘, Bobotog‘ tog‘ tizmalarida tarqalgan. 1950–1970-yillarda keskin kamayib ketgan. Keyinchalik Surxon qo‘riqxonasida olib borilgan muhofaza choralari tufayli ushbu turning soni asta-sekin ko‘payib bormoqda.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Surxon davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan o‘tgan yilgi o‘tkazilgan sanoqda 565 ta 2021-yilning may oyida o‘tkazilgan sanoq natijasida 600 tadan oshgani aniqlangan.

Bundan avval Qashqadaryoning Sechanko‘lida noqonuniy baliq ovlagan shaxslar tabiatga 45 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangani, Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan 11 bosh jayronni ovlagan shaxslar aniqlangani hamda Qashqadaryo cho‘lidan o‘g‘irlangan noyob toshbaqalar Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigiga yuborilgani haqida xabar berilgandi.