Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyati Navbahor tumani aholisi sovuq suv ta’minotisiz qoldi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Damxo‘ja suv inshooti” MChJ orqali amalga oshiriladi. Ayni paytda ushbu inshootlarda bosimning pastligi, yog‘ingarchilikning kamligi va suv oqimining pastligi sababli zaxiradagi suv ta’minoti oqimi kamaygan.

Xususan quyidagi mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti o‘chirilgan:

  • “Kuxron”;
  • “Arabxona”;
  • “Yangiobod”;
  • “Oqoltin”;
  • “Qiziloy”.
“O‘zsuvta’minot”ning xabariga ko‘ra, “Navoiy suv ta’minoti” MChJ Navbahor mintaqaviy boshqarmasi tuzilmalarida bosim kuchayguniga qadar ichimlik suvi yuqoridagi mahallalarga jadval asosida maxsus uskunalar yordamida yetkazib beriladi.

YeTTB Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 70 mln dollar ajratishi, Toshkent shahar hokimligi oqova suvlarini tozalash inshootidan tarqalayotgan yoqimsiz hidni yo‘qotish choralarini o‘rganayotgani hamda Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi