• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tarixning qora sahifasi. Zanzibarda joylashgan dunyodagi eng katta qul bozori haqida

    1873-yil 5-iyun kuni Angliya hukumati bosimi ostida Afrikaning Zanzibar orolida joylashgan dunyodagi eng katta qul bozori yopildi. Tarixning qora sahifalaridan o‘rin olgan ushbu joy haqida “Daryo” hikoya qiladi.

    Zanzibar (hozirgi Tanzaniya davlati hududi) — Afrikaning sharqiy sohilidagi kichik orol bo‘lib, o‘zining ajoyib tabiati bilan sayyohlar orasida ancha mashhur. Ammo orol qachonlardir ko‘plab insonlarning so‘nggi maskani va qora qismati bo‘lgan.

    Zanzibar oroli

    Zanzibar oroli
    Foto: Wikipedia

    Dastlab bu kichik orol juda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan. Asosan, arab, fors, hind va afrika xalqlari orasidagi savdo tranziti bo‘lib xizmat qilgan. 1499-yilda Yevropadan Hindistonga dengiz yo‘lini ochgan Vasko da Gama Zanzibarda ham to‘xtab o‘tadi, undan biroz keyin kelgan portugal armiyasi orolni egallab, Zanzibar ustidan o‘z nazoratini o‘rnatadi. Shu tariqa orol ikki asr Portugaliyaga qaram bo‘lib qoladi.

    Aynan shu davrda, Zanzibar portugallar qo‘liga o‘tgach, oroldagi Ston Taun – Tosh shahar Afrikaning qullar savdo markaziga aylana boshlaydi. Hind okeani janubidagi qaroqchilar bu yerga talon-toroj qilingan boyliklar va asirga olingan minglab odamlarni olib keladi. Tez orada Zanzibarda alohida qul bozori paydo bo‘ladi. Dengiz janglaridagi asirlar kamaya boshlagach, qullar Afrikaning markaziy qismidan ovlanib, keltirila boshlanadi. Shunday qilib Zanzibar qul savdosining asosiy markaziga aylanadi-qoladi.

    XIX asr boshlarida Hind okeanida joylashgan bu kichik orol butun dunyo qul savdosi poytaxtiga aylandi. 1663-yilda Buyuk Britaniya tomonidan imperiya mustamlakalariga aynan Afrikadan qul yetkazish bo‘yicha “Qirollik Afrika kompaniyasi” tashkil etildi. London, Bristol, Liverpul kabi shaharlarda qora tanli qullar birjalari ochildi. Keyinchalik bu bozorga Portugal, ispan va fransuzlar ham qo‘shildi. Qullarning juda kam qismi qaroqchilar tomonidan qo‘lga olingan yoki sotilgan edi.

    Zanzibardan Yevropaga qul sotish haqida ishlangan karikatura

    Zanzibardan Yevropaga qul sotish haqida ishlangan karikatura
    Foto: “Theconservation.com”

    Qul bozorining asosiy to‘ldiruvchilari bu — mustamlakachi davlatlar edi. Ular Afrikaning o‘zlari egallangan hududlaridagi mahalliy aholini qullikka tushirardi. Bundan tashqari mahalliy oqsoqollarning o‘zlari ham boylik ilinjida fuqarolarini qullikka yuborgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra XIX asrda Zanzibarda yiliga o‘n mingdan o‘ttiz minggacha qullar sotilgan. Ularning aksariyati Malavi va Kongoning asirga olingan qora tanli aholisi edi.

    1830-yildan 1873-yilgacha Zanzibar orolida 600 ming qul sotilgan. Bu o‘sha davr uchun juda dahshatli raqam (butun Afrika aholisi 90 million atrofida bo‘lgan).

    Zanzibarga keltirilgan qullar juda og‘ir sharoitlarda saqlangan, ularga tovar o‘rnida munosabatda bo‘lingan. Qullar sotiladigan bozordan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qullar saqlanadigan g‘or-yerto‘lalar joylashgan. Balandligi odam bo‘yidan biroz past bo‘lgan kichik xonalarda qullar “omadi kelib” sotilishiga qarab bir necha kundan bir necha oygacha saqlangan.

    Zanzibardagi qullar saqlangan qamoqxona

    Zanzibardagi qullar saqlangan qamoqxona
    Foto: “Livejournal.com”

    1698-yilda Zanzibar Ummon sultonligi tarkibiga qo‘shib olinadi. Ammo bu qul savdosi rivojiga ta’sir qilmaydi. Hatto Ummonning qudratli sultonlaridan biri Sulton Said mamlakat poytaxtini Maskatdan Zanzibarga ko‘chiradi. Keyinchalik shu ko‘chish natijasida bir-biridan mustaqil Ummon va Zanzibar sultonliklari tashkil topadi. Arablar hukmronligi davrida ham Zanzibarda qul savdosi ancha rivojlanadi.

    Faqatgina 1873-yilga kelib Angliyaning kuchli bosimi ostida sulton Bargash ibn Said Zanzibarda qullikni bekor qiluvchi qarorga imzo chekadi. Ston Taundagi qul bozori yopiladi va davlatda qul savdosi taqiqlanadi. Sobiq qul bozori maydonida anglikan sobori qad ko‘tardi. Aytish mumkinki, dunyo qul savdosiga qarshi kurashish va uni tugatishda Buyuk Britaniya asosiy rol o‘ynadi. Inglizlar Afrika sohillarida patrul tashkil qilib, kemalarni tekshirdi, minglab qullarni ozod qildi.

    Hozirgi kunda ushbu ulkan sobor oldida qullik qurbonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatilgan.

    Ston Taundagi qul savdosi qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik

    Ston Taundagi qul savdosi qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik
    Foto: “Livejournal.com”

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    06.06.2021, 23:54   Izoh (0)   42861
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.