Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hukumatining 3-iyundagi qarori bilan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Nizomga ko‘ra, OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

  • harbiy xizmatni o‘tash uchun;
  • salomatligini tiklash uchun;
  • homiladorlik va tug‘ish uchun;
  • bolalarni parvarish qilish uchun;
  • oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi hamda OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra OTM rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari o‘zlashtirilgan fanlarni qayta o‘zlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar akademik ta’til berish tartibi 2010-yil 4-sentabr kuni Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan nizom talablari asosida amalga oshirilgan. Unda talabaga oilasining betob a’zosi (otasi, onasi, akasi, ukasi, opasi, singlisi, turmush o‘rtog‘i)ni parvarish qilish uchun akademik ta’til berish tartibi ko‘zda tutilmagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi