4-iyun kuni dunyoning turli nuqtalarida olingan qiziqarli suratlar jamlanmasini namoyish qilamiz.

Sport inshootlari va yozda hayvonlarga qulaylik yaratish uchun suv purkagichlari bilan jihozlangan Pekin hayvonot bog‘idagi savatda muzqaymoq yeb o‘tirgan panda.

Foto: Shutterstock

Toshkent shahridagi Novza masjidi oldidan o‘tgan Bunyodkor shohko‘chasi chetida juma namozini ado etayotganlar.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

London meri Sodiq Xon Yevro—2020 futbol musobaqasi boshlanishidan 1 hafta oldin musobaqaning rasmiy to‘pini o‘ynamoqda.

Foto: Getty Images

Sergelining Sputnik dahasidagi yer usti metro yo‘li tagida o‘tirgan odam.

Foto: Telegram / Nikita Makarenko

Odamlar Gonkong universitetining Tyananmen maydonidagi 1989-yilgi qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikka qaramoqda.

Foto: AFP

Mumbaydagi qashshoqlar yashaydigan mavzedagi bolalarga tomosha ko‘rsatayotgan masxaraboz.

Foto: AFP

G‘azni shahridagi yo‘lda ketayotgan afg‘on ayollari.

Foto: AFP

Yaponiya bosh vazirining niqobini kiygan koreyalik faol Yaponiya elchixonasi oldida Fukusima AESning radioaktiv chiqindi suvlarini dengizga oqizish qaroriga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Sankt-Peterburgda 2020-yili pandemiya sababli bekor qilingan xalqaro iqtisodiy forumning “Uralkaliy” stendidagi Yuriy Gagarinning atirgul portreti yonida turgan qatnashchi.

Foto: “TASS”

Venesuelada an’anaviy Los Diablos Danzantes (Raqqos iblislar) festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: “TASS”

Avstraliya sudraluvchilar parkidagi Laki (Omad) laqabli dingo kuchukchasi.

Foto: “TASS”

Taypeydagi Chi Kay-Shek yodgorligi oldida tropik bo‘ron vaqtida yolg‘iz yurgan odam.

Foto: Getty Images

Xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Riga shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining chorak finalida Kanadaga mag‘lub bo‘ldi va musobaqadan chiqib ketdi. Suratda rossiyalik xokkeychi Artyom Zuba (2-raqamda) va kanadalik Endryu Manjapane (88-raqamda).

Foto: “TASS”

Yo‘qolgan tailandlik faol Vanchalem Satsaksitaning niqoblarini kiygan Amnesty International a’zolari Bangkokda uning yo‘qolganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan namoyish o‘tkazmoqda.

Foto: EPA

Fransiya qirg‘oqlari yaqinidagi mashg‘ulotlar paytida Buyuk Britaniyaning Qirollik dengiz flotining Qirolicha Yelizaveta aviatashuvchi kemasida turgan reaktiv qiruvchi samolyot uchuvchisi.

Foto: AFP

Dengizchilar Dubay shahri fonida kemalar poygasida qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Kolumbiyalik rassom tomonidan taqdim qilingan installyatsiya. Muallifning fikricha, bu installyatsiya iqlim muammolari va COVID-19 pandemiyasidan keyin odamlarga umid uyg‘otishi kerak.

Foto: Getty Images

Global isish tufayli Marmara dengizidagi shilimshiq moddasi qatlami kundan kunga ko‘payib bormoqda va baliqchilik hamda atrof-muhitga tahdid solmoqda.

Foto: EPA

Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumi ishtirokchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putin nutqini tinglayapti.

Foto: Reuters

Floridada 9–18-iyul kunlari piton ovi bo‘yicha yillik tanlov o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Foto: AP Photo

Madriddagi Extinction Rebellion ekologik harakatining hayvonlarni asrash bo‘yicha namoyishi.

Foto: EPA

Delaver shtatidagi bog‘da velosiped minib ketayotgan AQSh prezidenti Jo Bayden.

Foto: Reuters

Manilada chaqaloq sobiq politsiya xodimi tomonidan otib o‘ldirilgan Lilibet Valdez tobuti ustidan olib o‘tilmoqda. Filippinliklar bu marosim go‘dakni marhumlarning ruhi ta’qib qilishiga yo‘l qo‘ymaydi deb ishonadi.

Foto: Getty Images