Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda YPX inpsektoriga bo‘ysunmay, yo‘lida davom etgan Equinox haydovchisiga chora ko‘rildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, 1-iyun kuni soat 18:50 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumanida Equinox haydovchisi YPX inspektorining jezl va hushtak orqali ishora ko‘rsatilishiga qaramasdan harakatlanishda davom etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan video tarqaldi. Unda haydovchi xodimga qarata “bor, yo‘qol” deb aytgan.

YPX xodimi bildirgi orqali YHXB boshlig‘iga bu haqda ma’lum qilib, qoidabuzar haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Surishtiruvda haydovchi 39 yoshli K.S. ekanligi aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan va haydovchi BHMning ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha (490 ming so‘mgacha) miqdorda jarimaga tortilgan.

Equinox esa vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)