Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki kunlik amaliy tashrif davomida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xo‘jaligi loyihalari salohiyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Anorchilik va ipakchilik Surxondaryo viloyati iqtisodiyotining ‘drayveri’ga aylanib bormoqda. Safar dasturida ushbu tarmoqlar rivojiga alohida ahamiyat qaratilgan”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, davlat rahbari ushbu viloyatga so‘nggi marta 2019-yilning oktabrida borgan edi. O‘shanda Prezident viloyatga tashrifini, an’anaga ko‘ra, Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshlagan. Shavkat Mirziyoyev Angor tumanidagi “Angor Surxon g‘ururi” paxta-to‘qimachilik klasteri dalasida paxta hosilini ko‘zdan kechirgandi, Denov tumanidagi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda bo‘lib, harbiy qismdagi sharoitlar bilan tanishgan edi.