Billboard jurnali kanadalik reper Dreykni o‘n yillikning eng yaxshi artisti deb topdi. Billboard Music Awards bilan taqdirlash marosimi 23-may kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

Musiqachi premiyaning mutlaq rekordini o‘rnatgan: u 27 ta mukofot egasi hisoblanadi.

Dreykning plastinkalari studiyada yig‘ilgan Thank Me Later’dan boshlab Billboard 200 ro‘yxatida yetakchilik qilgan. Reperning ayrim qo‘shiqlari bir yilga yaqin Billboard Hot 100 chartida top pozitsiyalarni saqlab qolgan, yangi albomidagi qo‘shiqlar esa tezda reytingdan o‘rin olgan.

Dreyk — chartning birinchi pog‘onasida jami 50 haftadan ortiq o‘z pozitsiyasini saqlab qolgan yagona yakkaxon artist hisoblanadi.

Shuningdek, o‘n yillikning eng yaxshi artistlari qatoridan Billboard Music Awards mukofotlarini qo‘lga kiritish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi rekordchi Teylor Svift ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, top ro‘yxatda Bruno Mars, Rianna, Adel, Ed Shiran, Jastin Biber, Keti Perri, Maroon 5 va Post Malone joy olgan.

Avvalroq Dreyk Spotify musiqiy servisida rekord o‘rnatgani, u qo‘shiqlari 50 milliard marotaba tinglangan birinchi qo‘chiqchiga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.