Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya hukumati koronavirus tufayli mamlakatda o‘rnatilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Va’da qilinganidek, 17-maydan biz normal hayotga qaytish jarayonini boshlaymiz. Bizning maqsadimiz — may oyining oxirigacha nisbatan ehtiyotkorlik bilan harakatda davom etish”, — dedi Erdo‘g‘on.

Uning qo‘shimcha qilishicha, iyun oyiga kelib Turkiya o‘z fuqarolarining hayotini yanada yengillashtirish uchun cheklov choralarini “sezilarli darajada yumshatmoqchi”.

Aprel oyi o‘rtalarida Turkiya hukumati COVID-19’ga chalinish holatining ortishi munosabati bilan cheklov choralarini kuchaytirdi. Mamlakatda komendantlik soati davomiyligi soat 19:00 dan 05:00 gacha uzaytirildi, restoran va kafelarga faqat yetkazib berish va olib ketish rejimida ishlashga ruxsat berildi, sport zallari yopildi, yopiq binolarda tadbir o‘tkazish taqiqlandi.

May oyida Turkiyada yangi chora-tadbirlar kuchga kirdi, unga ko‘ra, do‘konlarda faqat asosiy oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlarini sotishga ruxsat berildi. Shu tarzda ilgari spirtli ichimliklar savdosiga qo‘yilgan taqiq endilikda elektronika, o‘yinchoqlar, ofis buyumlari, kiyim-kechak, avtoulov aksessuarlari, dasturxon va tomorqa buyumlari uchun ham amal qila boshladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshidan beri Turkiyada 5 million kishida koronavirus qayd etilgan, 43,8 ming kishi kasallikdan vafot etgan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 13-may kuni 11,5 ming kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan, 238 kishi vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Mirobodda eng qimmat: Toshkentda noyabr oyi uchun uylar narxi tahlil qilindi
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi