Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyada koronavirus epidemiyasining avj olishi munosabati bilan 29-apreldan 17-maygacha to‘liq lokdaun joriy etilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi deb yozadi “RBK”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Bugun Vazirlar Mahkamasining yigilishida epidemiya bilan bog‘liq so‘nggi voqealarni baholadik. Ramazondan keyin vaziyat yaxshilanishi uchun kasallanish ko‘rsatkichlari ancha past bo‘lishi kerak. Biz infeksiya yuqtirayotganlar sonining kunlik o‘sishini 5 mingdan kamaytirishimiz lozim”, — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiyada 29-apreldan 17-maygacha:

  • shaharlararo sayohatlarga cheklov qo‘yildi, hududlar o‘rtasida harakatlanish uchun ruxsatnoma talab qilinadi;
  • maktablarda qatnab o‘qish to‘xtatiladi, bolalar bog‘chalari yopiladi;
  • jamoat transportining bandlik darajasi 50 foizdan oshmasligi kerak;
  • aksariyat muassasalar yopiladi, Ichki ishlar vazirligining maxsus ro‘yxatiga kiritiladigan muassasalar bundan mustasno.
Cheklovlar 29-aprel, payshanba kuni soat 19:00 dan kuchga kiradi va 17-may, dushanba kuni soat 05:00 da tugaydi.

Bungacha Turkiya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishining kuchayishi fonida 23–25-​​aprel kunlari to‘liq komendantlik soati o‘rnatgan edi.

Turkiyada mart oyining oxirida koronavirus qayta avj ola boshladi. Shundan so‘ng mamlakat prezidenti Toyyib Rajab Erdo‘g‘on 58 ta shaharni COVID-19 yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan qizil hudud deya e’lon qildi. Mazkur shaharlarda Turkiya aholisining 80 foizi istiqomat qiladi.

 Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri 4,6 million kishida koronavirus aniqlangan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Turkiyada koronavirus oqibatida 38,3 ming kishi vafot etgan. So‘nggi haftalarda mamlakatda kuniga 30 mingdan 60 mingga qadar kasallanish holati qayd etildi (16-aprelda 63 ming), epidemiyaning birinchi to‘lqini yuz bergan 2020-yilning bahorida bu ko‘rsatkich kuniga 2-4 ming holatni tashkil etgan edi.
Avvalroq Rossiya 15-apreldan 1-iyungacha Turkiyaga doimiy va charter reyslarni to‘xtatishi haqida e’lon qilgandi. Shuningdek, Rossiya bilan bir qatorda Xitoy va boshqa mamlakatlar ham Turkiya bilan parvozlarni to‘xtatishga qaror qildi.  Xitoyning fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati (CAAC) turk aviakompaniyalariga 19-apreldan boshlab to‘rt hafta davomida parvozlarni to‘xtatishga buyruq berilganini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mirobodda eng qimmat: Toshkentda noyabr oyi uchun uylar narxi tahlil qilindi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi