Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 35-turida “Jenoa” 9-may, yakshanba kuni o‘z maydonida “Sassuolo”ni mehmon qildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuvda hisob 14-daqiqada Jakomo Raspadori tomonidan ochildi. 66-daqiqaga kelib, Domeniko Berardi mehmonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganida Davide Zappakosta hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa “Jenoa” o‘z maydonida kechgan o‘yinda 2:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

“Jenoa” safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur bahsda ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushirildi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Sassuolo”ning ochkolari 56 taga yetdi va “Roma”ni ortda qoldirib 7-pog‘onaga ko‘tarildi. Hisobida 36 ochko bo‘lgan “Jenoa” esa 14-o‘rindan joy olgan.

A Seriya

35-tur bahsi

9-may, yakshanba

“Jenoa” — “Sassuolo” 1:2

Gollar: 0:1 – 14 Raspadori, 0:2 – 66 Berardi, 1:2 – 85 Zappakosta.

“Jenoa”: Perin, Sapata, Goldaniga, Gilyone (Shomurodov, 46), Zappakosta, Zays (Pyatsa, 75), Behrami (Kassata, 68), Badel, Masyello, Pandev (Rovella, 68), Destro (Skamakka, 68).

“Sassuolo”: Konsili, Tolyan, Rojerio, Ferrari, Kirikesh, Jurichich (Defrel, 57), Lokatelli (Burabiya, 81), Traore (Garaslin, 71), Lopes, Berardi (Kaputo, 81), Raspadori (Obiang, 72).

Ogohlantirishlar: Zappakosta (30), Kassata (90).