Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Mehnat vazirligi aprel oyida Qashqadaryo va Andijonda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdorlar javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasida 17-aprel kuni birlashma xodimlari binoning atrofida tozalik va obodonlashtirish ishlariga ishga jalb etilganligi hamda 26—27-aprel kunlari Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamda texnik xodimlarining maktabni kapital ta’mirlashga tushgan qismida ishlashga majburlanganligi to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilingan.

Mazkur holatlar hududiy Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilib, tegishli mansabdor shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari (12 million 250 ming so‘m) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Avvalroq Samarqandda o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori o‘rinbosari 15,6 million so‘m jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda