2021-yil I chorakda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekiston davlat budjetiga 4,3 milliard so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Marketwatch

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 1-apreliga qadar O‘zbekistonda 26 ta xorijiy kompaniya qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil davomida eng ko‘p soliqni Facebook ijtimoiy tarmog‘i to‘lagan (5,981 milliard so‘m) bo‘lsa, eng kamini “Yandeks” to‘lagan — 136 million so‘m. Shuningdek, yirik soliq to‘lovchi xorijiy kompaniyalar qatoridan Google, Apple, Netflix ham o‘rin olgan:

  • Facebook — 5,981 milliard so‘m;
  • Google — 3,453 milliard so‘m;
  • Apple — 1,934 milliard so‘m;
  • Netflix — 190 million so‘m;
  • BookingCom — 181 million so‘m;
  • “Yandeks” — 136 million so‘m miqdorida soliq to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Soliq kodeksining yangilangan tahririda “Google solig‘i” belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida raqamli xizmatlar ko‘rsatadigan xorijiy internet-kompaniyalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘laydi. Mamlakatda bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat — internet-kompaniyalarning QQS-ofisi yaratilgan.