Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Ramazonning oxirgi jumasida o‘qiladigan maxsus namoz haqida turli mish-mishlar tarqaldi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati bunga munosabat bildirdi.

Tarqalgan xabarda kimda qazo namozlari bo‘lsa, Ramazonning oxirgi juma kuni juma namozi bilan asr namozi orasida 4 rakat namoz o‘qisa, 400 yillik qazo namozini o‘qigan bo‘lishi aytilgan.

“Aslida bu borada Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan naql qilib keltirilgan rivoyat to‘qima bo‘lib, uni tarqatish, rivoyat qilish yoki unga amal qilish mutlaqo joiz emas. Faqatgina uni to‘qima ekanidan ogohlantirish maqsadida naql qilish mumkin”, — deyiladi Fatvo hay’ati munosabatida.

Shuningdek, ushbu asossiz rivoyat haqida kelib tushgan savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati tomonidan 2020-yili Ramazon oyida batafsil javob berilgani eslatib o‘tilgan.

“Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga nisbatan hadis to‘qish yoki yolg‘on rivoyatligini bilib turib, uni tarqatish gunohi kabira sanaladi. Turli asossiz ma’lumotlarni tarqatishdan saqlanaylik!”, — deb ta’kidlagan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?