Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida OKMK 24-aprel, shanba kuni “Shabob al-Ahli” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi gollarga boy bo‘ldi. 3-daqiqada Harib Abullla o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipovning zargarona uzatmasini golga aylantirdi. Oradan 8 daqiqa o‘tgach, Karlos Eduardo qaychi uslubida gol urib, hisobni oshirdi. 14-daqiqada Shohrux Gadoyev hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo 30-daqiqada Olmaliq klubi himoyachilarining jarima maydonchasi ichida yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatosidan keyin Ahmad al-Hoshmi hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi, ushbu vaziyatda ham Masharipov golga assistentlik qildi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda esa jamoalar har qancha urinmasin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Jamoalarning birinchi davra doirasida o‘tkazilgan o‘yinida OKMK 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Ushbu g‘alabadan keyin BAA klubining ochkolari 4 taga yetdi, jamoa B guruhida 3-o‘rinda bormoqda. OKMK hisobida ham 4 ochko bor, “konchilar” so‘nggi pog‘onani band etgan.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Guruhning ikkinchi o‘yinida Tojikistonning “Istiqlol”i “Al-Hilol”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Tojik klubi safida Manuchexr Jalilov va Manuchexr Safarov dublga erishgan bo‘lsa, mezbonlardan Bafetimbi Gomis o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

4-turdan keyin B guruhidagi holat quyidagicha:

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

OChL

Guruh bosqichi, 4-tur

24-aprel, shanba

“Shabob al-Ahli” — OKMK

Gollar: 1:0 — 3 Abdulla, 2:0 — 11 Eduardo, 2:1 — 14 Gadoyev, 3:1 — 30 al-Hoshmi

“Shabob al-Ahli”: 55.Majid Nosir, 2.Salmin Hamis, 3.Karlos Eduardo (4.Muhammad Marzuq, 76), 5.Volid Abbos, 7.Jaloliddin Masharipov, 15.Abdulla al-Naqbi, 34.Harib Abdulla, 36.Hamdan al-Kamoli, 62.Abdulaziz Sanqur, 77.Ahmed al-Hoshmi, 88.Majid Hassan.

OKMK: 2.Suhrob Sultonov, 77.Dilshod Ahmadaliyev (20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 35), 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo‘rayev, 74), 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 46), 94.Elvin Fortes (21.Sanjar Jumaboyev, 52), 18.Aleksandr Kasyan, 28.Shohrux Gadoyev (10.Husniddin G‘ofurov, 46).

Ogohlantirish: Nosir (15), Rahmonov (28), Sanjar Tursunov (41).

“Istiqlol” — “Al-Hilol” 4:1.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank